Mavzu: byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari
Kassa va kassa operatsiyalarining sintetik hisobi
Download 241.44 Kb.
|
Mavzu byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari
2.3. Kassa va kassa operatsiyalarining sintetik hisobi
Iqtisodiyotni innovatsion hamda strategik rivojlantirish sharoitida har qanday rivojlanishga yuz tutayotgan davlat albatta iqtisodiyotining globalizatsiyalashuvini boshidan o’tkazadi. Bu jarayonda albatta shu vaqtgacha bo’lgan davrda ishlab turgan va bil-aks eskirgan normativ-huquqiy hujjatlar yangilanishi talab etiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev davlat rahbari sifatida barcha sohalarda, jumladan bank-moliya hamda valyuta bozorini isloh qilish bo’yicha o’tgan qisqa davr mobaynida asrlarga tatiguvlik o’zgarishlarni amalyotga joriy etmoqda. Aynan shunday o’zgarishlardan biri bu – mustaqilligimizning o’tgan davri mobaynida yuridik shaxslarga naqd pul mablag’lari bilan o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishlari bo’yicha mavjud bo’lgan ayrim cheklovlarni bosqichma-bosqich qisqartirish amaliyotidir. Ushbu amaliyot endilikda barcha yuridik shaxslardan buxgalteriya hisobida kassa muomalalari hisobini yanada ehtiyotkorlik bilan, naqd pul munosabatlarida aniqlikni yo’qotmagan holda hisob va nazorat ishlarini to’g’ri tashkil etishlarini dolzarb masala sifatida yuzaga chiqarmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 30.10.2018 yildagi “Tovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga asosan endilikda quyidagilarni nazarda tutadigan naqd pul tushumini topshirish va undan foydalanish tartibi joriy etilmoqda: – EKIHning 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik o’rtacha naqd pul tushumi bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun uni bank kassalariga inkassatsiya xizmati orqali yoki mustaqil ravishda kunlik topshirish imkoniyati; – EKIHning 20 baravaridan kam miqdorda kunlik o’rtacha naqd pul tushumi bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun uni bank kassalariga inkassatsiya xizmatlari orqali o’zlari belgilagan davrlarda yoki mustaqil ravishda topshirishi imkoniyati; – muqobil inkassatsiya xizmatlarini tashkil etgan holda naqd pul tushumini faqat Markaziy bankning inkassatsiya xizmati orqali inkassatsiya qilishni bekor qilish. Byudjet tashkilotlari buxgalteriyasida kassa operatsiyalari hisobi 12 “Kassa” schyotida 120 “Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari” va 121 “Xorijiy valyutadagi naqd pul mablag’lari” subschyotlarida yuritilib ushbu subschyotlarda tashkilot kassasidagi naqd pul mablag’larining mavjudligi va ularning harakati hisobga olinadi. Bu subschyotlarning debet tomonida kassaga pul mablag’larni kirimi, kredit tomonida pul mablag’larni chiqimi aks ettiriladi (4-rasm).
Download 241.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling