3-rasm. Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini xujjatlashtirishning tizimli tartibga keltirilgan ko’rinishi14
Ko’plab bo’linmalarga ega bo’lgan tashkilotlarda ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari va boshqa to’lovlarni to’lashga kassirlardan boshqa shaxslarga tashkilot rahbarining yozma buyrug’i bilan ruxsat berilishi mumkin. Bunday hollarda mazkur shaxslar bilan ham moddiy moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma tuzilishi shart.
Ishonchli shaxslarga kassadan naqd pul berilganda ularning hisobi kassir tomonidan 320-son shakldagi ish haqi, stipendiya va boshqa to’lovlarni berish uchun tarqatuvchilarga berilgan pullarni hisobga olish daftari yuritiladi.
Kassadan bir necha kishilarga hisobot beriladigan pul berilishi zarur bo’lgan hollarda individual tarzdagi kassa chiqim orderlari o’rniga 317-son shakldagi kassadan hisobdor shaxslarga pul berish bo’yicha qaydnomadan foydalaniladi. Shtatda kassirlik lavozimi ko’zda tutilmagan tashkilotlarda xodimlarga ish haqi to’lash hamda mayda xo’jalik xarajatlari tashkilot buyrug’i bilan rasmiylashtirilgan hisobdor shaxslar orqali amalga oshiriladi. Bankdan naqd pul olish uchun cheklar ana shu shaxslar nomiga yoziladi.
Tashkilot naqd pullarining barcha tushumlari va berilishi kassa daftarida hіsobga olinadi. Kassa daftaridagi varaqlar miqdori mazkur tashkilot yoki yuqori turuvchi organ rahbari va bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlanadi. Byudjet muassasalariga xizmat ko’rsatuvchi markazlashtirilgan buxgalteriyalarda kassa operatsiyalari hisobini kassir O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo’yicha maxsus daftarda yuritadi. Byudjet hisobidagi muassasalarga byudjetdan tashqari mablag’lar hisobi yuritiladigan talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochilgan taqdirda ushbu muassasalar kassasiga byudjetdan tashqari faoliyat bo’yicha tushgan barcha naqd pul tushumlari va byudjetdan tashqari faoliyat uchun berilgan naqd pullar alohida kassa daftarida hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |