BMIning tarkibiy va hajmiy tuzilishi. Ilmiy ish kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’ladi. Kirish qismida mavzuning ilmiy - amaliy dolzabligi, ilmiy ishning maqsad va vazifalari yoritilgan. Asos qismda byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari va ular hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari hamda xususiyatlari va Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini tashkil etishning normativ-huquqiy asoslari yoritib berilgan. Shuningdek asosiy qismda byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobida kassa muomalalarini xujjatlashtirish hamda hisob registrlarida aks ettirish tartibi va byudjet tashkilotlarida kassa muomalalarining analitik va sintetik hisobini amaldagi holati batafsil keltirilgan. Xulosa qismida ilmiy tadqiqot natijalaridan kelib chiqqan holda xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan.
BMI jami 60 betdan iborat.
II. Asosiy qism
2.1. Kassa va kassa operatsiyalari mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushuncha
Byudjet tashkilotlari naqd pulsiz hisob-kitob qilish bilan birga naqd pul bilan ham ish jarayonlarini amalga oshiradilar. Naqd pulli jarayonlarga xodimlarga ish haqi berish, hisobdor shaxslarga bo’naklar, mukofotlar ajratish va boshqalar kiradi. Muassasalarda naqd pul bilan bo’ladigan jarayonlarga kassa jarayonlari deyiladi.
Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini tashkil etishning maqsadi bu - tashkilot kassasidagi pul mablag`lari harakatiga oid muomalarni o`z vaqtida birlamchi xujjatlarda rasmiylashtirish, hisob registrlarida aks ettirish va ular harakati bo`yicha hisobotlar tuzishdan iboratdir.
Byudjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirishda o’z kassasida kassadagi naqd pullar qoldig’i limitlari doirasida naqd pullarga ega bo’lishlari va me’yorlar doirasida tushumdan ularni ishlatishlari mumkin. Kassalardagi naqd pullar qoldig’i limitlari va tushumni ishlatish me’yorlarini bank muassasalari ushbu tashkilotlar rahbarlari bilan kelishgan holda belgilaydi.
Naqd pullar va qimmatbaho qog`ozlarni saqlash uchun xar bir korxona, muassasa va tashkilotlarda kassa mavjuddir. Jumladan, Byudjet tashkilotlari ham kassa (g`azna) uchun maxsus jixozlangan xona yoki xonalarni ajratishi lozim. Ushbu xonalar temir eshik, temir panjaralar, ogoxlantiruvchi jixozlar, temir seyf va temir shkaflarga ega bo`lishi, pul berish tuynukchalari va xodimlar olgan pulini hisoblaydigan stol va stullar o`rnatilgan kichik xonaga ega bo`lishi lozim.
Quyidagi rasmda buxgalteriya xodimlari (moddiy javobgar shaxslar) uchun kassa jarayonlarini amalga oshirish jarayonlarida belgilangan vazifalarni keltirib o’tamiz (1.1-rasm).
Kassa jarayonlari va ular hisobini rasmiylashtirish respublikamiz Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlari o’z kassalarida bank tomonidan o’rnatilgan, muassasa rahbari bilan kelishilgan limit asosida naqd pullarni saqlashlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |