Mavzu: byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari
-rasm. Buxgalteriya xodimlari (moddiy javobgar shaxslar) uchun kassa jarayonlarini amalga oshirish jarayonlarida belgilangan vazifalar8
Download 241.44 Kb.
|
Mavzu byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari
1-rasm. Buxgalteriya xodimlari (moddiy javobgar shaxslar) uchun kassa jarayonlarini amalga oshirish jarayonlarida belgilangan vazifalar8
“Tashkilot o’z kassasida naqd pullarni ular qoldig’ining belgilangan limiti doirasida saqlashi va ulardan tushum hisobidan belgilangan me’yorlar chegarasida sarflashi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy xujjatlarni inobatga olgan holda kassalardagi naqd pul qoldig’i limitlari va tushum hisobidan foydalanish me’yorlari banklar tomonidan ushbu tashkilotlar rahbariyati bilan kelishuviga muvofiq belgilanadi. Zarurat tug’ilganda limitlar qayta ko’rilishi mumkin.”9 Limitdan ortiqcha barcha pullar bank bilan kelishilgan muddatlarda bankka topshirilishi kerak. Muassasalarga limitdan ortiqcha pullarni, bankdan olingan kunini ham hisoblaganda 3 bank ish kunigacha faqat ish haqi, stipendiya, ijtimoiy sug’urta nafaqalarini to’lash maqsadlari uchun saqlash huquqi berilgan. Barcha kassa jarayonlarini muassasa rahbarining yozma buyrug’i bilan tayinlangan kassir amalga oshiradi. Kassir ishga qabul qilinayotgan vaqtida to’la moddiy javobgarlik to’g’risida yozma majburiyat beradi va bu majburiyat uning shaxsiy delosida saqlanadi. Ya`ni, Byudjet tashkilotida namunaviy shatlar jadvaliga muvofiq kassir lavozimi kiritiladi va ushbu lavozimga xodim ishga olinganda material javobgarlik to’g’risida shartnoma rasmiylashtiriladi. Ushbu shartnomaga muvofiq kassir lavozimiga tayinlangan shaxs kassadagi pul mablag’lari, pul xujjatlari va qabul qilib olgan mulkiy qiymatliklarni but saqlanishiga javobgar bo’ladi. Kassir lavozimiga tayinlangan xodimga bosh hisobchi tomonidan “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida”gi qonunining 36-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan (2015 yil 16 maydagi 12/17-son qarori) tasdiqlangan hamda 2015 yil 21 iyunda yangi tahrirda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2786-son bilan ro’yxatga olingan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari” bilan tanishtiriladi va tanishganligi haqida tilhat olinadi. Tashkilotlar o’z kassalarida ular tomonidan belgilangan limitlardan ortiqcha naqd pulni ish haqi, mukofotlar, ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar, stipendiyalar, pensiyalarni to’lash uchun va bank muassasasida pul olingan kunni hisoblaganda, faqat 3 ish kunidan oshmagan muddatga saqlash huquqiga egalar. Xizmat safarlari bilan bog’liq xarajatlar uchun hisobot beriladigan naqd pullarni berish mazkur hududda amal qiladigan tartibga muvofiq ana shu maqsadlar uchun xizmat safarlariga yuborilgan shaxslarga beriladigan summalar doirasida amalga oshiriladi. Hisobot beriladigan sarflanmagan naqd pullar ular berilgan muddat tugaganidan keyin 3 kundan kechiktirmay tashkilot kassasiga qaytarilishi kerak. Hisobot beriladigan naqd pullarni olgan shaxslar tashkilot buxgalteriyasiga yoki markazlashtirilgan buxgalteriyaga sarflangan summalar to’g’risidagi hisobotni taqdim etishlari shart. Hisobot beriladigan naqd pullarni berish ilgari hisobot berish sharti bilan berilgan summalar bo’yicha to’liq hisobot berilgach amalga oshiriladi. Naqd pullarni qabul qilish va topshirish va topshirish bo’yicha kassa operatsiyalari O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tasdiqlangan birlamchi hisob hujjatlari shakllari bilan rasmiylashtiriladi. Tashkilotlar kassalari tomonidan naqd pullarni qabul qilish bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan kirim kassa orderlari bo’yicha amalga oshiriladi. Pul qabul qilinayotganda bosh buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan, kassir muhri (shtampi) yoki kassa apparatining izi bilan tasdiqlangan kvitantsiya beriladi. Tashkilotlar kassasidan naqd pul berilishi chiqim kassa orderlari yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar (to’lov qaydnomalari, pul berish bo’yicha arizalar, hisobvaraqlar va hokazolar) bo’yicha, ushbu hujjatlarga chiqim kassa orderining rekvizitlari bo’lgan shtamp qo’yilgan holda, amalga oshiriladi. Pul berishga doir hujjatlar tashkilot rahbari va bosh buxgalteri yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzolangan bo’lishi kerak. Chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar, arizalar, hisobvaraqlar va hokazolarda tashkilot rahbarining ijozat beruvchi yozuvi bo’lgan taqdirda, chiqim kassa orderlarida rahbarning imzosi bo’lishi shart emas. Tashkilotda pul berilishi mazkur tashkilot tomonidan berilgan guvohnoma bo’yicha, unda egasining sur`ati va shaxsiy imzosi bo’lgan holda, amalga oshirilishi mumkin. Ish haqi vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari, stipendiya, pensiya va mukofotlarni kassir to’lov qaydnomalari bo’yicha amalga oshiradi, bunda har bir pul oluvchiga chiqim kassa orderi tuzilmaydi. To’lov qaydnomasining titul varag’ida korxona rahbari va bosh buxgalterining yoki ular vakolat bergan shaxslarning imzolari bilan pul berishga ruxsat berish to’g’risida yozib qo’yiladi, bunda pul berish muddatlari va summa yozuv bilan ko’rsatiladi. Tashkilot naqd pullarining barcha tushumlari va berilishi kassa daftarida hisobga olinadi. Har bir tashkilot faqat bitta kassa daftarini yuritadi, u raqamlanishi, ip bilan tikilishi va surg’uchli yoki mastikali muhr bilan muhrlanishi kerak. Byudjet tashkilotlariga byudjetdan tashqari mablag’lar hisobi yuritiladigan shaxsiy hisobvaraqlari ochilgan taqdirda, ushbu muassasalar kassasiga byudjetdan tashqari faoliyat bo’yicha tushgan barcha naqd pul tushumlari va byudjetdan tashqari faoliyat uchun berilgan naqd pullar alohida kassa daftarida hisobga olinadi. Ya’ni, byudjet tashkilotlari ham byudjetdan moliyalashtirish orqali ham byudjetdan tashqari faoliyat turiga hos bo’lgan faoliyatdan qo’shimcha daromad olganliklari sababli ularning moliyalashtirish manbalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli “Byudjet muassasalarini mablag’ bilan ta’minlashni takomillashtirish to’g’risida”gi Qaroriga asosan ikki turga bo’linadi. Bular byudjet va byudjetdan mablag’lardir. Byudjet tashkilotlari ushbu mablag’lar yuzasidan ham kassa muomalalari hisobini tashkil etishda alohida xususiyatlarni inobatga olgan holda hisob jarayonlarini tashkil etishlari zarur (2-rasm). Kassa daftaridagi yozuvlar kassir tomonidan har bir order yoki uning o’rnini bosuvchi boshqa hujjat bo’yicha pul olingani yoxud berilganidan keyin darhol amalga oshiriladi. Har kuni, ish kuni oxirida kassir kun uchun operatsiyalar yakunini hisoblaydi, kassadagi keyingi kun uchun pullar qoldig’ini chiqaradi va keyingi kuni buxgalteriyaga kassir hisoboti sifatida kassa daftarida imzo chektirgan holda kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birga topshiradi. Tashkilot kassasi uchun ajratilgan xona “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari” talablari bo’yicha jihozlanishi kerak, bu jarayon ushbu Qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan. Har bir tashkilot naqd pullar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun o’z kassasiga ega bo’lishi lozim, ya`ni naqd pullarni qabul qilish, berish hamda vaqtincha saqlash uchun mo’ljallanib, alohida ajratilgan va maxsus jihozlangan xona kassa deb ataladi. Download 241.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling