Mavzu: byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari
Mavzuning ob’yekti va predmeti
Download 241.44 Kb.
|
Mavzu byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning maqsadi va vazfalari.
- BMI mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi (tahlili).
Mavzuning ob’yekti va predmeti. Mazkur mavzuning ob’yekti sifatida O‘zbekiston respublikasining byudjet tashkilotlari belgilangan. Tadqiqot ishining predmeti byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobi va nazoratini tashkil etish jarayonlarida sodir bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat.
Mavzuning maqsadi va vazfalari. Byudjet ijrosi jarayonida amalga oshirilayotgan islohotlarga mutanosib ravishda Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun mavzuning vazifalari sifatida quyidagi masalalar belgilab olindi: byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini tashkil qilishni nazariy hamda uslubiy jihatdan asoslash; byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobining o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib berish; byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini tashkil etishning zarurligini asoslash; byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini yuritishda xujjatlashtirish, hisoblashuvlarni hisobvaraqlar va hisob registrlarida aks ettirish tartibini batafsil yoritish; byudjet tashkilotlarida kassa muomalalarining nazoratini tashkil etish masalalarini yoritish; byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni asoslash. BMI mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Ushbu mavzuni o`rganish va tahlil qilish yuzasidan xorijlik va yurtimizning taniqli olimlari tomonidan byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi, jumladan kassa muomalalari hisobi va nazorati, shuningdek, xalqaro standartlardan foydalanish muammolariga bag’ishlangan tadqiqotlar, ilmiy asarlar, risolalar mavjud. Byudjet tashkilotlarida kassa muomalalarihisobi va nazoratini tashkil etishning ayrim nazariy va uslubiy jihatlari xorijlik iqtisodchi olimlar tomonidan o’rganilgan. Ular jumlasiga E.Bracci, C.Guthrie, C.Humphrey, L.Jones, J.Moll, O.Olson, hamda I.Steccolini kabilarni kiritish mumkin5. Jumladan MDH mamlakatlarida byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobini tashkil etish hamda yuritishning ayrim masalalari L.N.Alexina, O.E.Kachkova, E.V.Melnikova, M.A.Ryabova, S.A.Tabalina, E.A.Fedechenko, T.Chetvergova, A.A.Ushakov va boshqa6 olimlarning ilmiy asarlarida o’z aksini topgan. Tadqiq etilayotgan mavzuning umumiy jihatdan buxgalteriya hisobiga oid mavjud muammolarni hal etishga doir ilmiy qarashlar R.D.Do’smuratov, A.K.Ibragimov, A.A.Karimov, M.Q.Pardayev kabi iqtisodchi olimlarning ilmiy asarlarida, shuningdek, byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va uning alohida ob’yektlarini nazariy, uslubiy jihatdan takomillashtirish, Davlat sektori uchun moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan foydalanishning ayrim jihatlari A.K.Ibragimov, K.Sh.Ibragimov, I.T.Mamadjanov, S.U.Mehmonov, E.T.Odilov, M.Ostanaqulov va Sh.V.G’aniev7 kabi iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida o’z aksini topgan. Yuqorida keltirilgan tadqiqotlarda byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobiga oid masalalar ancha teran ishlab chiqilgan bo’lsa-da, lekin, byudjet tashkilotlarida kassa muomalalari hisobi va nazoratini takomillashtirish masalasi alohida ilmiy tadqiqot ob’ekti sifatida o’rganilmagan. Bu holat mazkur yo’nalishda ilmiy izlanishlar olib borish zarurligini belgilaydi. Download 241.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling