Mavzu: byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari


-jadval Toshkent moliya instituti buxgalteriya balansi ko’rsatkichlari


Download 241.44 Kb.
bet11/21
Sana28.10.2023
Hajmi241.44 Kb.
#1730691
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Mavzu byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari

2-jadval
Toshkent moliya instituti buxgalteriya balansi ko’rsatkichlari
(2014-2018 yil)16



Balans moddalari nomi

2014
yil

2015 yil

2016 yil

2017 yil

2018 yil

2018 yilning 2014 yilga nisbatan farqi (+;-)

AKTIV

1

Nomoliyaviy aktivlar

7689,9

37073,5

39165,8

40298,8

40573,8

32883,9

2

Moliyaviy aktivlar

15874,9

17055,6

17852,2

20826,4

27847,6

11972,7

3

Debitor qarzdorlik

1164,4

180,2

448,5

472,1

502,2

-662,2

Jami

24729,2

54309,3

57466,5

61597,3

68923,6

44194,4

PASSIV

1

Kreditor qarzdorlik

989,8

1146

1624,4

1407,1

1463,9

474,1

2

Moliyaviy natijalar

23739,4

53163,2

55842,1

60190,2

67459,7

43720,3




Jami

24729,2

54309,3

57466,5

61597,3

68923,6

44194,4

Jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumkinki, o’rganilayotgan davr orqalig’ida nomoliyaviy aktivlar sof qiymati, moliyaviy aktivlar, kreditorlar hamda moliyaviy natijalar qiymati ortgan. Aksincha, debitorlar 2014 yilda 1164,4 mln. so’m, 2015 yilda 180,2 mln. so’m, 2016 yilda 448,5 mln. so’m, 2017 yilda 472,1 mln. so’m va 2018 yil 502,2 mln. so’mni tashkil etgan. Debitorlar 2014 yilda 2018 yilga nisbatan 662,2 mln. so’m ko’pni tashkil etgan. Ushbu holat 2015 yilda nomoliyaviy aktivlar sof qiymatining ortishiga ham olib kelgan.


Tashkilotda moliyalshatirishning byudjet va byudjetdan tashqari manbalaridan kelib chiqib kassa muomalalarini hisobga olishda analitik schyotlar ochilishi mumkin. Masalan:
120/1 Byudjet mablag’lari bo’yicha kassa muomalalari;
120/2 To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan mablag’lar bo’yicha kassa muomalalari;
120/3 Ta’lim muassasalarida to’lov-kontrakt shalidan tushgan mablag’lar bo’yicha kassa muomalalari;
120/4 Rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha kassa muomalalari;
120/5 Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha kassa muomalalari.
Byudjet tashkilotlarida kassa muomalari byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha amalga oshirilishida har bir mablag’lar bo’yicha kassa kitobi yuritilishiga ruxsat beriladi.
Byudjet tashkilotlarida xorijiy valyutadagi naqd pul mablag’lari 121 “Xorijiy valyutadagi naqd pul mablag’lari” schyotida hisobga olinadi.
Ushbu schyot aktiv schyot hisoblanib mablag’alarning qoldig’i va kirimi schyotning debetida chiqimi esa kreditida aks ettiriladi.

2.4. Buxgalteriya schotini aks ettirish
Korxonalar o‘z xo‘jalik faoliyatida mablag‘larini va ularning tashkil topish manbalarini, xo‘jalik jarayonlarini hamda sodir bo‘la-yotgan turli-tuman xo‘jalik muomalalarini aks ettirish uchun buxgalteriya hisobi schotlaridan foydalanadi. Bu schotlarda nimalar hisobga olinishi, ular yordamida qanday umumlashtiruvchi ma’lumotlar olish mumkinligini bilish shu schotlardan korxonalar amaliyotida to‘g‘ri foydalanish uchun shart-sharoit yaratib beradi. Qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi schotlari xo‘jalik mablag‘lari, ularning tashkil topish manbalari va xo‘jalik jarayonlarini guruhlashni ta’minlashi lozim. Schotlarda aks ettirilgan yozuvlar yordamida xo‘jalik jarayonlariga amaliy ta’sir ko‘rsatish va ular ustidan nazorat o‘rnatish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlar umumlashtiriladi.
Buxgalteriya hisobidagi mavjud schotlarning yig‘indisi schotlar tizimini tashkil etadi.
Buxgalteriya hisobining schotlar tizimini bilish barcha schotlarni ma’lum bir tartibda guruhlash (turkumlash) hamda har bir guruh schotlarining iqtisodiy mazmunini, ularning tayinlanishi va tuzilishini tushunish imkonini beradi.
Bunday turkumlashga negizida buxgalteriya hisobi predmetining iqtisodiy mazmuni, ya’ni xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘larning manbalari hamda mablag‘larning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonidagi doiraviy aylanishi (xo‘jalik jarayonlari: ta’minot, ishlab chiqarish va realizatsiya) asos bo‘ladi.
Schotlarni turkumlash quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
1) schotning mazmuni, funksiyasi va tayinlanishini, uning boshqa schotlardan prinspial farqi va umumiyligini tushuntirish;

2) schotlarning mohiyatini, ularning iqtisodiy shakllanishi va ishlatilishini o‘rganishni osonlashtirish;


3) schotlar rejasini tuzishda yordam beradi.

2) schotlarning mohiyatini, ularning iqtisodiy shakllanishi va ishlatilishini o‘rganishni osonlashtirish;


3) schotlar rejasini tuzishda yordam beradi.
Buxgalteriya hisobining schotlari balansga munosabatiga ko‘ra:
1. Balans schotlari (aktiv va passiv schotlar) va balansdan tashqari schotlar;
2. Sintetik va analitik schotlarga bo‘linadi.
Buxgalteriya hisobi schotlarining balansga munosabatiga ko‘ra turkumlanishi 5-bobning 5.2 va 5.3-paragrafida batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuning uchun bu paragrafda faqat balansdan tashqari schotlarga to`xtalamiz.

Download 241.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling