Dars shiori.
Biz yosh avlod barkamol
O`qib topamiz kamol
I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi ; drink – ichmoq, eat – yemoq
O`uvchilarni guruhlarga bo`lish, Guruhlarga shior va nom tanlash.
1-guruh. Navoiy izdoshlari.
Oz-oz o`rganib dono bo`lur
Qatra-qatra yig`ilib daryo bo`lur.
2-guruh. Ulug`bek xazinasi
Temurxon naslidin sulton Ulug`bek
Kiolam ko`rmadi sulton aningdek
3-guruh. Bog`i Boburiy
Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir.
II. O‘tgan mavzuni mustahkamlash.
Aqliy hujum metodi.
1. Mir Alisher va Sulton Husayn o‘rtasidagi suhbatni rollarga bo‘lib, rivoyatni ifodali o‘qing.
2. Mir Alisher: «Ekayotgan ko‘chatlarim hozirdanoq hosil bera boshladi», — deganida nimani nazarda tutadi?
3. «Yaxshidan bog‘ qoladi» degan hikmatning ma’nosiniizohlang.
III. Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu rebus yechish orqali aniqlanadi.
Aziz Abdurazzoq 1928 yili Toshkentda tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng mad aniy-oqartuv bilim yurtida tahsil olgan. Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida oʻqigan. U koʻp kasbdoshlari kabi jurnalist sifatida gazeta va jurnallarda faoliyat koʻrsatdi.
Shoirning ijodi oʻtgan asrning 50-yillaridan boshlangan boʻlib, birinchi sheʼriy toʻplami 1959 yili “Doʻstlarimga” nomi bilan chop etiladi. Shundan soʻng “Yana bahor” (1961), “Mavj” (1965), “Bodom gulladi” (1965), “Lirika” (1970), “Aziz odamlar” (1975), “Shoʻx yomgʻir” (1977), “Qalb nuri” (1978) kabi toʻplamlari nashr etildi. “Qalb nuri” toʻplami shoirning 50 yilligi munosabati bilan saylanma tarzida eʼlon qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |