Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi


Download 1.03 Mb.
bet123/161
Sana26.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1656366
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   161
Bog'liq
8-sinf Kimyo 2017

Dasrning turi: An`anaviy.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.


3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.

1.Kislorod gruppachasida elementlari xossalari.


2.Kislorod gruppachasida elementlari ishlatilishi.


Yangi darsning bayoni.

Kimyoviy elementlar davriy jadvalining oltinchi guruh bosh guruhchasi (kislorod guruhchasi)da kislorod, oltingugurt, selen, tellur va poloniy elementlari joylashgan (Poloniy radioaktiv element bo‘lganligidan uning xossalarini radiokimyoda batafsil o‘rganiladi). Kislorod guruhchasi elementlarining atom tuzilishi quyidagicha: Shu sababli bu elementlar o‘zlarining tashqi energetik qavatlarini tugal holatga ya’ni sakkizta elektronli holatga keltirish uchun ikkita electron qabul qilib oladi, natijada -2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Kislorod ftorli birikmasi OF2 da +2, vodorod peroksid H2O2 da -1 bo‘ladi. Qolgan barcha birikmalarda -2 oksidlanish darajasida bo‘ladi. Oltingugurt, selen va tellurlarning tashqi energetik pog‘onasida bo‘sh xoldagi d orbitallar mavjud. Tashqi qobiqdagi juftlashgan p va s elektronlarning


bittadan d-orbitallarga ko‘chib o‘tishi mumkin. Kislorod ikkinchi davr elementi, uning tashqi energetik qavatida d orbitallar mavjud emas. Shuning uchun u +4, +6 oksidlanish darajalarini
namoyon qila olmaydi. Oltingugurt Tabiatda uchrashi: Oltingugurt tabiatda erkin holatda ham, birikmalar ko‘rinishida ham uchraydi. O‘zbekiston hududida ham oltingugurtning tabiiy manbalari mavjud. Hozirgi kunda Respublikamizda ishlab turgan tabiiy gaz va gaz kondensatlarini qayta ishlash korxonalarida oltingugurt va oltingugurt birikmalarini olish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda qazib olinayotgan mis rudalari tarkibida oltingugurt, selen, tellurlar ham bo‘ladi. Selen va tellur yarim o‘tkazgichlar, quyosh batareyalari, termoregulyatorlar
tayyorlashda, po‘lat va shishani maxsus navlarini ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Fizikaviy xossalari. Oltingugurt uch xil allotropik shakl o‘zgarishga ega. Tabiatda rombik oltingugurt uchraydi va u sariq rangli qattiq kristall modda bo‘lib suvda erimaydi. Zichligi 2 g/sm3 bo‘lishiga qaramasdan oltingugurt kukunlari suvning sirtida qalqib yuradi, chunki u suvda xo‘llanmaydi. Qattiq jismlarni suyuqlik sirtida qalqib turishi flotatsiya deb ataladi. Oltingugurt rudalarini “bekorchi jins”lardan tozalash uchun sanoatda flotatsiya
usulidan keng qo‘llaniladi. Oltingugurt uglerod (IV) – sulfid CS2 va organik erituvchilarda eriydi. Oltingugurt elektr tokini va issiqlikni yomon o‘tkazadi. 112,8C0 da suyuqlanadi, 444,5 C0 da qaynaydi. Qaynash haroratigacha qizdirilgan oltingugurt sovuq suvga quyilsa plastik oltingugurtga aylanadi. Plastik oltingugurt cho‘ziluvchan moddadir. Kimyoviy xossalari. Oltingugurt kimyoviy reaksiyalarda oksidlovchi, kislorod bilan reaksiyaga kirishganda esa qaytaruvchi bo‘lib ishtirok etadi. Oltingugurt oksidlovchi. 1) Vodorod bilan reaksiyaga kirishib vodorod sulfidni hosil qiladi. 2) Metallar bilan oltingugurt reaksiyaga kirishib sulfidlarni hosil
qiladi.Oltingururtqaytaruvchi.Oltingugurt, kislorod, xlor va ftorlar bilan reaksiyaga kirishib elektronberadi. Ishlatilishi. Oltingugurt xalq xo‘jaligida juda ko‘p maqsadlarda ishlatiladi

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling