Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
Download 1.03 Mb.
|
8-sinf Kimyo 2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasrning turi
- Yangi darsni rejasi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar: badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish. Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars. Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi. Darsning tashkiliy qismi: 1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash. 3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash. Yangi darsni rejasi. Oltingugurt (IV)-oksid SO2 2.Oltingugurt (VI)-oksid SO3 Yangi darsning bayoni. Kislorodli birikmalarda oltingugurt musbat oksidlanish darajasi namoyon qilishi qanday izohlanadi? Oltingugurt oksidlari: Oltingugurtning amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ikki xil oksidi bor. Oltingugurt (IV)-oksid SO2 va oltingugurt (VI)-oksid SO3. Oltingugurt (IV)-oksid SO2. Tabiatda vulqon gazlarida va tabiiy ko‘mir yonishidan hosil bo‘lgan gazlar tarkibida uchraydi. SO2 qutbli kovalent bog‘li gaz bo‘lib, laboratoriyada sulfit kislota tuzlariga xlorid yoki sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi: Na2SO3 + H2SO4 = Na2SO4 + H2O + SO2↑ Na2SO3 + H2SO4 = Na2SO4 + H2O + SO2↑ Mis qirindilariga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirilganda ham oltingugurt (IV)-oksid hosil bo‘ladi. 2H2SO4(kons) + Cu = CuSO4 + SO2↑ + 2H2O Sanoatda oltingugurt (IV)-oksid metall sulfidlarini havoda kuydirib olinadi. 4FeS2 + 11O2 →2Fe2O3 + 8SO2↑ 2ZnS + 3O2 →2ZnO + 2SO2↑ Oltingugurt (IV)-oksid rangsiz, o‘tkir hidli gaz bo‘lib, -10°C da suyuq, -73°C da qattiq holga o‘tadi, u kislotali oksid, suvda erib sulfit kislotasi hosil qiladi. SO2 + H2O = H2SO3 Asosli oksid va ishqorlar bilan ta’sirlashib, sulfitlar hosil qiladi. CaO + SO2 = CaSO3 2NaOH + SO2 →H2O + Na2SO3 Oltingugurt (IV)-oksid katalizator ishtirokida oksidlanib oltingugurt (VI)-oksidini hosil qiladi. 2SO2 + O2 2SO3 + Q Vodorod sulfidni oksidlaydi. Natijada o‘zi qaytariladi va oltingugurtni hosil qiladi. 2H2S + SO2 →2H2O + 3S↓ SO2 organik bo‘yoqlarni rangsizlantiradi, mikroorganizmlarni o‘ldiradi, quruq turshak tayyorlashda, ba’zi rezavor mevalarni etiltirishda qo‘llanadi. Suyuq SO2 neftni tozalashda ishlatiladi. Oltingugurt (VI)-oksid SO3. SO3 – oltingugurtning yuqori oksidi bo‘lib, 45°C da qaynaydigan, 17°C da oq kristall massaga aylanadigan rangsiz suyuqlik. Kislotali oksidlarga xos xususiyatlarni namoyon qiladi. Suv bilan oson reaksiyaga kirishib, sulfat kislotasini hosil qiladi. SO3 + H2O = H2SO4 + Q SO3 ning o‘zi ham konsentrlangan sulfat kislotasida yaxshi eriydi. Bunda oleum hosil bo‘ladi: H2SO4 ・ nSO3 H2SO4 + nSO3 →H2SO4 + nSO3 Sanoatda SO2 ni katalizator ishtirokida oksidlab SO3 olinadi. Oltingugurt (VI)-oksid asosan sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling