Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi


Download 1.03 Mb.
bet130/161
Sana26.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1656366
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   161
Bog'liq
8-sinf Kimyo 2017

Kommunikativ kompetensiya:
kimyoviy elementlar va ular birikmalarining nomini faqatgina ona tilida emas, balki xorijiy tillarda bilish. Inson hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan biogen elementlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
kundalik turmushda foydalanadigan mineral o‘g‘itlar, biogen elementlar haqidagi ma’lumotlarni media vositalardan izlab topa olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
kimyoviy moddalar haqidagi tushunchalar orqali bilimini oshirib borish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.

1.Sul`fat kislota olinishi. 2.Sul`fat kislota xossalari. 3.Sul`fat kislota ishlatilishi.


Yangi darsning bayoni.
Konsentrlangan sulfat kislota qaysi metallarga ta’sir etmaydi?
Molekulyar formulasi H2SO4. Uning elektron va tuzilish formulalari
quyidagicha:Olinishi. Sulfat kislotani olish uchun quyidagi sxema asosida boradigan
kimyoviy reaksiyalarni amalga oshirish kerak.FeS2 →SO2 →SO3 →H2SO4
Fizik xossalari. Sulfat kislota rangsiz, hidsiz, og‘ir moysimon suyuqlik.96% li konsentrlangan sulfat kislotaning zichligi 1,84 g/sm3 ga teng. U suvda eritilganda juda ko‘p issiqlik ajralib chiqadi. Shuning uchun sulfat kislotani suvda eritishda juda ehtiyot bo‘lish kerak.
Sulfat kislotani suvga aralashtirib turgan holda quyish kerak. Aksincha suvni sulfat kislotaga quyish mumkin emas! Kimyoviy xossalari. Suyultirilgan sulfat kislota bilan konsentrlangan
sulfat kislotalarning kimyoviy xossalarida farq bor. Suyultirilgan sulfat kislota kislotalar uchun xos bo‘lgan barcha xossalarni o‘zida namoyon qiladi. 1) Metallarning faollik qatoridagi vodoroddan oldin turgan metallar bilan reaksiyaga kirishib tuz va vodorodni hosil qiladi.
Zn + H2SO4 = ZnSO4 + H2 2Al + 3H2SO4 = Al2(SO4)3 + 3H2
2) Asosli va amfoter oksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi.
CuO + H2SO4 = CuSO4 + H2O ZnO + H2SO4 = ZnSO4 + H2O
3) Asoslar bilan reaksiyaga kirishadi va tuz hamda suv hosil qiladi.
2NaOH + H2SO4 = Na2SO4 + 2H2O Mg(OH)2 + H2SO4 = MgSO4 + 2H2O

  1. Kuchsiz va uchuvchan kislotalarning tuzlari bilan reaksiyaga kirishib yangi tuz va yangi

kislota hosil qiladi. 3H2SO4 + Ca3(PO4)2 = 3CaSO4 + 2H3PO4
Konsentrlangan sulfat kislota juda kuchli oksidlovchi bo‘lgani uchun, deyarli barcha metallar bilan reaksiyaga kirishadi. U kumush (Ag), oltin (Au) va platina (Pt) larga, konsentratsiyasi
100% ga yaqin bo‘lganda Fe ga ta’sir etmaydi. Sulfat kislota metallar bilan reaksiyaga kirishganda metallarning faolligiga, sulfat kislotaning konsentratsiyasi va reaksiya sharoitiga qarab o`zgaradi.Konsentrlangan sulfat kislota qaynatilganda metalmaslar bilan ham
reaksiyaga kirishadi.Konsentrlangan sulfat kislota shakar, qog‘oz, yog‘och va gazlamalar
tarkibidagi sellyulozadan suvni tortib oladi va ularni ko‘mirga aylantiradi.
Sulfat kislota va sulfatlarni aniqlash uchun bariyning eruvchan tuzi (bariy xlorid) ta’sir ettiramiz. Reaksiya natijasida suvda ham, nitrat kislotadaham erimaydigan oq cho‘kma tushadi.
H2SO4 + BaCl2 = ↓BaSO4 + 2HClNa2SO4 + BaCl2 = BaSO4 + 2NaCl
Sulfatlar. Natriy sulfat – Na2SO4. Suvsiz natriy sulfat shisha, soda ishlab chiqarishda, tibbiyot va veterinariyada turli dori-darmonlar tayyorlashdaishlatiladi. Na2SO4·10H2O – glauber tuzi deyiladi.Kalsiy sulfat – CaSO4. Tabiatda gips CaSO4·2H2O ko‘rinishda uchraydi. Tabiiy gips 150-170°C da qizdirilganda 3/4 qism suvni chiqarib yuboradi va alebastr CaSO4·1/2H2O ga aylanadi. Alebastr muhim qurilish xom ashyosidir. Siz uni qurilish ob’ektlarida
uchratgansiz. Gips tibbiyotda turli xildagi gipsli bog‘lamlar qo‘yish uchun ishlatiladi. Mis(II)-sulfat – CuSO4. Suv bilan mis kuporosi kristallgidratini CuSO4·5H2O hosil qiladi. Mis kuporosi metallar sirtini mis qoplami bilan qoplashda qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi. Temir kuporosi – FeSO4·7H2O. To‘q yashil rangli kristall, o‘simlik
zararkunandalariga qarshi kurashda, turli bo‘yoqlar tayyorlashda ishlatiladi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling