Mavzu: davlat innovatsion siyosati davlat innovasion siyosatini shakllantirish va uning asosiy yo‘nalishlari


Innovasion faoliyatni davlat tomonidan boshkarishning xorijiy tajribalari


Download 13.54 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi13.54 Kb.
#1584863
1   2   3   4
Bog'liq
Давлат инновацион сиёсати

Innovasion faoliyatni davlat tomonidan boshkarishning xorijiy tajribalari

  • Ushbu tadqiqotning ob’yekti bulib jaxondagi eng rivojlangan davlatlar tanlab olindi: AKSH, Yaponiya, Germaniya, Angliya, Fransiya. Tadqiqot predmeti: innovasion faoliyatni muvofiqlashtiruvchi davlat organlari, moliyalashtirish, kredit va solik tizimidagi imtiyozlar, tashki iqtisodiy faoliyat; innovasion faoliyatning ilmiy - metodik va axborot ta’minotini qo‘llab quvvatlashning shakllari; kooperasiya va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini rag‘batlantirish.

Jahon tajribasida innovasion faoliyatni rag‘batlantishda soliq imtiyozlarining quyidagi turlaridan foydalaniladi.

  • Innovasion va ilmiy tadqiqot soliq kreditlarini taqdim etish, ya’ni foydadan innovasion maksadlarga ajratilgan mablag‘larga foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish.
  • Innovasion xarajatlar ko‘payganda soliqlarni kamaytirish;
  • Innovasion faoliyat bo‘yicha olingan foyda solig‘idan ozod qilish;
  • Yuridik va jismoniy shaxslar innovasion tashkilotlarning aksiyalarini sotib olishlari natijasida olinadigan dividentlari imtiyozli soliqlarga tortish;
  • Loyihalarning ustivor yo‘nalishlarda bajarilayotganligini hisobga olib imtiyozlar berish;
  • Intellektual mulkning natijalari bo‘lmish patent, lisenziya, nou-xau hisobiga olingan foydani imtiyozli soliklarga tortish;
  • Mashina va dastgohlar ITI, oliy o‘quv yurtlari va boshqa innovasion tashkilotlarga berilganda foydaning soliqqa tortiladigan qismini ularning qiymatiga mos holda kamaytirish;

Hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan mamlakatlarda ilmiy-innovasion rivojlanishning uchta modelini ajratish mumkin.

  • Fanda yetakchilikka intilayotgan mamlakatlar, ilmiy-ishlab chiqarish bosqichlarining barcha bo‘g‘inlarini qamrab olgan yirik masshtabli maqsadli loyihalar amalga oshiriladi va bu yerda mudofaa sektorining ilmiy-innovasion ulushi juda katta. (AQSH, Angliya, Fransiya)
  • Yangiliklarni kengaytirishga, qulay innovasion muhit yaratishga iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini rasionallashtirishga intilayotgan mamlakatlar Germaniya, Shvesiya, Shveysariya;
  • Innovasion infrastrukturalarni rivojlantirish yo‘li bilan yangiliklarni rag‘batlantiruvchi, jahon ilmiy texnika yutuqlariga moslashuvini ta’minlovchi, fan va texnologiya sohalarining barcha sohalarini muvofiqlashtiruvchi mamlakatlar (Yaponiya, Janubiy Koreya).

Download 13.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling