AQSHda innovasion faoliyatni boshqaruvchi davlat organlariga quyidagilar kiradi: - Amerika ilmiy fondi (fundamental tadqiqotlarni boshqaradi);
- Amerika ilmiy kengashi (sanoat, universiteti);
- Milliy kosmik agentligi (NASA);
- Milliy standartlar byurosi;
- Sog‘liqni saqlashning milliy instituti;
- Mudofa ministrligi;
- Sanoat tadqiqotlarining milliy markazi,
- Milliy fanlar akademiyasi;
- Milliy texnik akademiya;
- Fan rivojlanishini qo‘llab quvvatlovchi Amerika assosiasiyasi.
- Yaponiyada sanoat rivojlanish strategiyasini aniqlashda, sanoat ITTKI ishlab chiqarishda va ularni ishlab chiqarishga joriy qilishda tashqi savdo va sanoat vazirligi muhim o‘rin egallaydi. ITS aniq yo‘nalishlarning bajarilishiga fan va texnika boshqarmasi nazorat qiladi.
- Yaponiya sanoat texnologiyalari assosiyasi tashqi savdo va sanoat vazirligiga bo‘ysungan bo‘lib lisenziyalarni eksport va import qilish bilan shug‘ullanadi. Yaponiyada ilmiy texnika taraqqiyotining uzoq muddatli dasturi bo‘lib amaliy tadqiqotlarni rag‘batlantirish va chet ellardan lisenziyalarni sotib olish bilan shug‘ullanadi. Ilmiy texnika siyosatni asosan yirik korporasiyalarda amalga oshiriladi.
Rivojlangan Yevropa mamlakatlarida innovasion faoliyatni boshqarish. - Yuqorida ko‘rsatilgan davlatlar Angliya, Fransiya, Germaniya Yevropa ittifoqi davlatlari orasida eng ilg‘orlari hisoblanadi. Yevropa ittifoqidagi davlatlar soni 20 dan oshib ketdi.
- Yevropa ittifoqi mamlakatlarining xususiyatlari quyidagilardan iborat: tabiiy resurslarning, yer va ish kuchining qimmatligi, yuqori darajada aholining zichligi, ishlab chiqarishning texnologik darajasining yuqoriligi, ma’lumot, madaniyat, tarixiy an’analarga nisbatan ijobiy munosabat, muhim oziq-ovqat mahsulotlarning bahosi davlat tomonidan nazorat qilinishi; ishlab chiqarishni boshqarishda xalqaro va Yevropa standartlaridan foydalanish; mahsulotlarni sertifikasiyalash; innovasion faoliyatni idikativ rejalashtirish; xalq xo‘jaligining ilm talab bo‘lgan tarmoqlarining rivojlanishi, ishlab chiqarishni konsentrasiya va kooperativlashtirish darajasining yuqoriligi. Buning natijasida ushbu davlatlarda hayot darajasining yuqoriligi.
Yevropa ittifoqi mamlakatlarida innovasion faoliyatni faollashtirishga katta e’tibor berilmoqda. Yevropa ittifoqida innovasion siyosatning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilar kiradi: - yagona antimonopol qonunchilikni ishlab chiqarish:
- dastgohlarning amortizasiyasini tezlashtiruvchi sistemadan foydalanish;
- ITTKI imtiyozli soliqqa tortish;
- kichik ilmtalab biznesni rag‘batlantirish;
- namunaviy texnologiyalar sohasi bo‘yicha innovasiyalarni davlat tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirish;
- universitet fani bilan ilmtalab mahsulotlarni ishlab chiqarilyotgan firmalarning hamkorligini rag‘batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |