Mavzu: Davlat transferlari va daromadlari tahlili. Kirish. Reja


Download 39.78 Kb.
bet1/6
Sana03.12.2023
Hajmi39.78 Kb.
#1800298
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Durdona


Mavzu: Davlat transferlari va daromadlari tahlili.
Kirish.
Reja:
1. Davlat budjetida davlat moliya tizimida, uning moliyaviy resurslarini shakllantirishdagi ahamiyati
2. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining tuzilishi
3. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti xarajatlari tarkibi tahlili
4. Budjet taqchilligi va davlat qarzlari, ularning iqtisodiyot holatiga ta’siri
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimini samarali boshqarishning hozirgi kundagi amaliyoti nazariyotchilar oldiga uning qator yangi muammolariga yechim topishni ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda. Bu borada byudjet sohasida olib borilayotgan o‘zgarishlarning markazida byudjet tizimi byudjetlari va byudjet munosabatlarini tubdan o‘zartirish, daromadlari bazasini mustahkamlash, iqtisodiyotni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi tutgan o‘rnini oshirish masalalari turadi.
Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasida byudjet tizimi taraqqiyotining hozirgi bosqichi davlatning yaxlit byudjet va ijtimoiy siyosatining manfaatlari mushtarakligini ta’minlash asosidagi o‘ta mas’uliyatli vazifalarni samarali bajarilishini talab etmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sharoitida respublikamizda byudjet tizimini isloh qilish muhim ahamiyat kasb etadi, uni bugungi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga moslashtirish talab etiladi.
Byudjet tizimini muhim bo‘g‘ini Dalat byudjeti mamlakatni iqtisodiyotini barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Respublikamizda so‘ngi yillarda byudjet tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida O‘zbekiston respublikasi o‘z iqtisodini barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni davom ettirib dunyo bozorida o‘zini mavqeini mustahkamlab bormoqda.
2022-yil uchun davlat budjeti loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda YAIM 2022-yilda 6 foizga o‘sishi va qariyb 840 trln so‘mni (MBning 16-noyabrdagi kursi bo‘yicha 78,2 mlrd dollar), 2023-yilda 972 trln so‘mdan ortiq ($90,5 mlrd) bo‘lishi va 2024-yilda esa 1 trilliard so‘mdan (qariyb $105 mlrd) oshishi mo‘ljal qilinmoqda.
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, tashqi davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 17 foizni, eksport hajmiga nisbatan qariyb 60 foizni tashkil etdi. Bu avvalambor xorijiy investitsiyalar va umuman, chetdan qarz olish masalasiga chuqur va har tomonlama puxta o‘ylab yondashish natijasidir.
– 2022-yil uchun “Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi qonunda kelgusi yilda yalpi ichki mahsulotning oʻsishi 6 foizni tashkil etishi, 2024-yilga borib 6,6 foizga yetishi kutilmoqda.
2022-yilgi soliq siyosatida iqtisodiyotimizning investitsion jozibadorligini oshirish maqsadida bir qator oʻzgarishlar taklif qilingan. Xususan, 1-yanvardan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini 2 foizdan 1,5 foizgacha pasaytirish, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻini, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliq yetishtirish uchun foydalanilgan suvdan tashqari) stavkalarini inflyatsiya darajasida 1,1 barobarga indeksatsiya qilish moʻljallangan.Shuningdek, kelgusi yilda asosiy vositalarga investitsiyalar kiritilishini ragʻbatlantirish maqsadida foyda soligʻi bazasidan chegiriladigan ayrim xarajatlar miqdori oshirilmoqda. Jumladan, amortizatsiya ajratmalari normalari oʻrtacha
2 barobar, xususan, binolar uchun 3 foizdan 5 foizga, inshootlar – 5 foizdan 10 foizga, uzatish qurilmalari va kuch mashinalari – 8 foizdan 15 foizga, ish mashinala- ri va asbob-uskunalar – 15 foizdan 20 foizga, kompyuter va maʼlumotlarni qayta ishlash uskunalari 20 foizdan 40 foizga oshirilmoqda.

Download 39.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling