4. Aholi daromadlari uning tarkibi va manbalari.
Aholi daromadlari ularning ma`lum davr davomida (odatda, bir yilda ) olgan pul va natural daromadlarning umumiy miqdoridir.
Aholi pul daromadi.
Pul shaklida olingan barcha daromadlar (ish haqi va boshqa omilli daromadlar, transfert to`lovlari shaklidagi pul tushumlari, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar va h.k.) umumiy miqdoridir.
Natural daromadlar.
Mexnat haqi hisobiga olinadigan va uy (oila) xo`jaligida ishlab chiqarilib o`z iste`moli uchun foydalaniladigan mahsulotlardan iborat bo`ladi.
Aholi daromadlari darajasini tahlil qilishda nominal, ixtiyoridagi va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Nominal daromad - aholining ma`lum vaqt oralig`ida barcha pul shaklida olish mumkin bo`lgan daromadlari qismi.
Ixtiyoridagi daromad- nominal daromaddan soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi.
Real daromad darajasini belgilab beruvchi omillar.
Soliqlar va boshqa to`lovlar miqdori
Aholi nominal daromadi manbalari.
Ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad
Davlat yordami dasturlari hisobiga olinadigan pul mablag`lari
Real daromad- nominal daromadning sotib olish layoqati yoki unga xarid qilish mumkin bo`lgan tovarlar va xizmatlar miqdori.
Aholining moliya- kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari.
Sug`urta bo`yicha to`lovlar
Omonatlar hisobiga foizlar
Aksiya hisobiga olinadigan dividend
Latareya yutuqlari
Obligasiyalar bo`yicha foizlar
Zayo`m to`lovlari
Shaxsiy uy qurilishiga beriladigan ssudalar
Har xil qoplovchi to`lovlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |