1.3 Tomchi modeli
Tomchi modeli eng dastlabki modellardan biridir. Bu modelni atom nazariyasining asoschilaridan daniyalik olim Nils Bor taklif qilgan. Tomchiga yadroni o‘xshashlik dalilllari: yadro zichligi juda katta (~1014 g/sm3) bo‘lib, sikilmaydi, yadro hajmining undagi nuklonlar soniga proporsionalligi (R=R0A1/3; V= ) va turli yadrolarda nuklonlar o‘rtacha boglanish energiyasining taxminan doimiyligi (=8 MeV), yadro moddasi bilan suyuqlik tomchisining o‘xshashligi. Bunda yadro kuchlari ham suyuqlik molekulalari orasidagi ta’sir kuchlariga o‘xshash to‘yinish xususiyatiga ega ekanligi kelib chiqadi.
Model yadroning neytronlar, protonlar va alfa zarralar bilan ta’sirlashuvida yuzaga keladigan ayrim xususiyatlarni tushuntiradi. Xususan bu model yordamida neytron yadro bilan to‘qnashib yadroga yutilib gamma-kvantlar chiqishini tushuntiradi. Nuklonlarning yadro ichida nihoyatda katta zichlikka ega bo‘lishligi va yadro ta’sirlarining kuchliligi tufayli neytron o‘z energiyasini boshqa nuklonlarga beradi, ya’ni izotop hosil bo‘ladi, neytron energiyasi yadroda taqsimlanadi. Yadro nuklonlarining tezligi oshadi, o‘yg‘ongan holatga o‘tadi. Shuning uchun o‘yg‘ongan yadroni qizdirilgan tomchi deyish mumkin. agar nuklon Ye 10 MeV bilan kirgan (107 eV=1,6*10-5 erg) bo‘lsa uyg‘ongan yadroning temperaturasi
Kinetik va potensial energiyalar ifodasidan (1>>2 da) to‘lqin chastotasi
(1.3.1)
(M-yadro massasi, -sirt taranglik koeffitsiyenti) =1020 erg/sm2
(1.3.2)
Yadro tomchi tebranma energiyasi
(1.3.3)
Tomchi modeliga ko‘ra yadroning sirt tebranma energiyasini yadroning ko‘zg‘algan (o‘yg‘ongan) holatlari energiyasi deb qarash mumkin. Hamma juft-juft yadrolar birinchi o‘yg‘ongan holatining xarakteristikasi 2+. Birinchi o‘yg‘ongan holatda bir foton, ikkinchisida ikki foton va h.k. Spinlari 1 va 3 bo‘lgan holatlar taqiqlangan. 1-rasmda yadrolarning tebranma o‘yg‘ongan energiya sathlarining nazariy sxemasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |