5
(masalan, nasoslarning ishchi va tishli g‘ildiraklari, podshipniklar va h.k.),
tutashmalarning bo‘shashib ketishi hamda gidrodinamik kelib chiqish sabablari –
bosimning o‘zgarib turishi, suyuqlik kavitatsiyasi va boshqalar. Diagnoz qo‘yish
uchun tebranish jarayonlarining amplituda-chastota xarakteristikalari tahlil etiladi.
Bu usullar silindr-porshen guruhi,
gaz taqsimlash mexanizmi, yonilg‘i
apparaturasini diagnostikalash va shovqinning umumiy darajasini aniqlashda
qo‘llaniladi. Shovqinning umumiy darajasi transport vositalarining turli toifalari
bo‘yicha ularning me’yoriy qiymatlari bilan xavfsizlikni ta’minlash
maqsadida
taqqoslanadi. Bu usulning qo‘llanilishi diagnostikalanadigan uzellarni bo‘laklarga
ajratishni talab qilmaydi va vujudga kelgan nosozlikni aniqlash yoki uning vujudga
kelishini oldindan aytib berish imkonini beradi.
Ishlatilgan ekspluatatsion materiallarning fizik-kimyoviy tarkibi. Moy
tarkibi bo‘yicha diagnostikalash usulidan dvigatel va transmissiya detallari yeyilish
jadalligi, filtrlash tizimining sozligini aniqlashda foydalaniladi. Parametrlar moy
namunalarini tahlil etishda va moydagi yeyilganlik mahsulotlarini aniqlashda
o‘lchanadi. Moy namunasi tahlili bo‘yicha ko‘p
miqdorli tuzilmaviy
parametrlarning o‘zgarishi yeyilganlik mahsulotlari to‘yinganligining o‘sishi,
ma’lum yo‘l yurilganidan keyin sodir bo‘ladigan falokatdan darak beradi.
Birinchi usul bo‘yicha transport vositasining umumiy ishlash qobiliyati va
ekspluatatsion xususiyatlari baholansa, ikkinchi
va uchinchi usullar orqali
nosozliklarning kelib chiqish sabablari aniqlanadi. Shuning uchun transport
vositalari bo‘yicha, birinchi navbatda, umumiy diagnostika o‘tkaziladi,
undan
keyin ularning texnik holati aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: