2.4 - Eritmadagi temir (III) ionining konsentratsiyasini aniqlash
Temir eritmalarda ikki va uch valentli ionlar ko‘rinishida bo‘ladi. Temir (III) ning birikmalari temir (II) birikmalariga qaraganda barqarorroq bo‘ladi. Temirning ikki va uch valentli ionlari xromofor xossasiga ega. Shuning uchun fotokolorimetrik aniqlashlarda xromofor gruppasiga ega bo‘lmagan reagentlardan foydalanish ham mumkin.
Eritmadagi temir (III) ionini ammoniy rodanid yordamida aniqlash. Kuchli bo‘lmagan kislotali muhitda rodanid ioni temir (III)ioni bilan qizil rangli kompleks birikma hosil qiladi. Temir (II) ionini oksidlab, Fe (III) ga o‘tkazgandan so‘ng bu reaksiya eritmadagi temirning umumiy miqdorini aniqlashda ishlatiladi. Bosqichli reaksiya natijasida [Fe(SCN)]2+ va [Fe(SCN2)+ dan [Fe(SCN)6]3- gacha bo`lgan komplekslar hosil bo‘ladi. Komplekslarning qaysi biri hosil bo‘lishi eritmaning konsentratsiyasi va pH qiymatiga bog‘liq. Eritmada temir ioni mikrogramm atrofida boisa, asosan qatorning birinchi komplekslari hosil bo`ladii. Rodanidga boyroq bo`lgan komplekslarning rangi ham to‘qroq (intensiv) bo`ladii. Rodanid yordamida suvli eritmalardagi temirning miqdorini aniqlash uchun tekshirilayotgan va taqqoslanayotgan eritmalardagi ammoniy rodanidning konsentratsiyasi bir xil boiishi kerak. Temir (III) ioni gidrolizlanmasligi uchun eritmaning kislotaliligi yetarli darajada boiishi shart. Eritmaning pH qiymati 2-3 boiganda reaksiya boshlanadi. Ammo eritma juda kislotali ham boimasligi kerak, chunki bunday muhit eritmadagi SCN- ioni konsentratsiyasining kamayishiga olib keladi. Temirning rodanid bilan hosil qilgan komplekslari eritmada SCN- ionining konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan hollardagina mavjud bo`ladi. Eritmada nitrat, xlorid yoki sulfat kislotalardan birining konsentratsiyasi 0,05-0,2 N atrofida bo`lganda, barqaror kompleks hosil bo`ladi. Bu muhit eng optimal hisoblanadi. Kompleksning nur yutish xususiyati katta bo`lib, u ε=0,85·104 ga teng.
Rodanid komplekslari boigan temirning suvli eritmalari rangi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi. Eritma tayyorlanganidan 30 daqiqa o‘tgandan keyin, rangning intensivligi bir necha foizga, 6 soatdan keyin esa yarmisigacha kamayadi. Eritmalar rangining vaqt o`tishi bilan o‘zgarishi ularni tez vaqt ichida tekshirishni taqozo qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |