Mavzu: Differensial Spektrofotometrik analiz. Reja: kirish i– asosiy qism 1 Optik analiz usullari
Download 1.63 Mb.
|
Kurs Ishi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- III – TAJRIBA NATIJALARI MUHOKAMASI
Ishni bajarish tartibi. Asosiy standart eritma tayyorlash uchun kimyoviy toza NH4Fe(SO4)2 · 12H2O temir achchiqtoshidan tarozida 0,5190 g tortib olib, u hajmi 100 ml bo`lgan kolbaga solinadi.
Eritmani nordonlashtirish uchun kolbaga 10 ml suyultirilgan (1:1) sulfat kislota va belgisigacha distillangan suv quyiladi. Bunda standart eritmaning konsentratsiyasi 0,06 mg/ml bo`ladi. So‘ngra sulfosalitsil kislota va ammiakning 10 % li eritmalari tayyorlanadi. Keyin beshta standart ishchi eritma quyidagicha tayyorlanadi: beshta 100 ml hajmli kolbaga asosiy standart eritmadan 1,2, 3,4 va 5 ml o`lchab quyiladi. Har bir kolbaga sulfosalitsil kislota va ammiak eritmalaridan ham 10 ml dan qo‘shiladi. Kolbalarga belgisigacha distillangan suv quyilib, eritmalar yaxshilab aralashtiriladi. Standart eritmalarning erituvchiga nisbatan optik zichliklari λ=416 nm to`lqin uzunligida besh martadan o`lchanadi. Ishlatiladigan erituvchini tayyorlashda 100 ml hajmli kolbaga 10 ml sulfosalitsil kislota, 10 ml ammiak eritmalari quyiladi va kolba belgisigacha distillangan suv bilan to`ldiriladi. O`lchash natijalarining o‘rtachasi topilib, eritmaning optik zichligi va konsentratsiyasi orasidagi bog`lanishni ifodalovchi darajalash chizmasi tuziladi. Tarkibida 0,1 dan 0,6 mg gacha temir bo`lgan namuna 100 ml sigimli kolbaga o`tkaziladi. Unga 10 % sulfosalitsil kislota va ammiak eritmalaridan 10 ml dan quyiladi, hamda distillangan suv qo‘shib eritma sathi kolbaning belgisiga qadar yetkaziladi. Shundan so‘ng tekshiriladigan eritmaning optik zichligi o`lchanadi va uning konsentratsiyasi topiladi. Olingan natijalar yordamida namunadagi temirning umumiy miqdori hisoblanadi. III – TAJRIBA NATIJALARI MUHOKAMASI Bu tajriba kuchsiz kislotali muxitda tеmir (III) rodanid ioni bilan uzaro ta'sirlashib, qizil-qon rangli tеmir rodanid komplеksini xosil qilishiga asoslangan; Fe-3 + SCN- = Fe(SCN )3 Bu soddalashtirilgan tеnglama, aslida esa bu еrda rang intеnsivligi xar xil qator tеmir rodanidli komplеkslar xosil buladi. Rodanid komplеkslar barqaror emas, eritmaning rangi rеaktivning ortiqchasiga, tеmpеraturaga va muhit rN iga bog`liq. Rangli birikmaning nurni maksimal yutish sohasi 450—500 nm da.
Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling