Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja


Mehnat taklifidagi vaqtincha almashtirish


Download 1.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/40
Sana17.01.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1097307
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
Bog'liq
Мавзу 1.

2.Mehnat taklifidagi vaqtincha almashtirish. 
Inson jamiyatda yashar ekan o’ziga xos va mos turmush tarzini yaratadi. U hayot 
kechirish uchun oziq-ovqat topishi, uy-joy qurishga, kiyim-bosh tikib olishi va atrof 
muhitning noqulay ta’sirlaridan himoyalanishi kerak, buning uchun o’ziga zarur bo’ltan 
barcha narsalarni tabiatdan qidiradi va topgan materiallaridan foydalanadi. Ayni bir paytda 
tabiatdan topgan materiallar ham insonga yashash uchun ancha qulay shart-sharoitlar 
yaratish imkonini beradi. Inson tabiatdan topgan mazkur materiallarni o’z foydasi yo’lida 
o’zgartiradi. Bunday jarayon davomida inson tomonidai jamiyat ehtiyojlarini qondirish 
uchun zarur bo’ladigan moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish sohasidagi “mehnat” deb 
ataladigan maqsadga muvofiq faoliyat amalga oshiriladi.
Inson o’z mehnatining maqsadi, usuli va natijasini aniqlash davomida, qanday 
mahsulotlar qancha miqdorda va qachon ishlab chiqarilishi kerak, bu mahsulotlarni qandan 
resurslardan, qay tarzda, qanday texnologiya yordamida ishlab chiqarish kerak, bu 
mahsulotlar kim uchun ishlab chiqarilishi kerak degan uchta muhim masalani hal qiladi. 


Binobarin, birinchi masalada mehnat ongli faoliyat, ikkinchisida — ishchi kuchini takror 
ishlab chiqarish, uchinchidan — ijtimoiy foydali faoliyat sifatida namoyon bo’ladi. 
Biz bilamizki, bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar 
bozor tizimi asosida shakllantiriladi va amal qiladi. Xuddi shuningdek, mehnat 
munosabatlari xam mehnat bozori asosida shakllantiriladi va tartibga solinadi. Mehnat 
bozori ishga yollanuvchilar va ish beruvchilar, korxona, tashkilot, muassasa hamda 
davlat o’rtasidagi mehnat munosabatlari yig’indisidir. Yoki boshqacha aytganda
mehnat bozori ishchi kuchining mexnatga qobiliyatini sotish va sotib olish tizimidir. 
Mehnat bozorida xam talab, taklif, narx va raqobat xal qiluvchi komponent 
hisoblanadi. Mehnat bozorida taklif sifatida ishchi kuchining mexnat potensialini 
sotish tushunilsa, talab esa mexnat qobiliyatini sotib olish istagini bildiradi. Bunda 
talab va taklif o’rtasidagi muvozanat holati nuqtasida narx paydo bo’ladi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling