Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja
Mehnat taklifidagi vaqtincha almashtirish
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Мавзу 1.
2.Mehnat taklifidagi vaqtincha almashtirish.
Inson jamiyatda yashar ekan o’ziga xos va mos turmush tarzini yaratadi. U hayot kechirish uchun oziq-ovqat topishi, uy-joy qurishga, kiyim-bosh tikib olishi va atrof muhitning noqulay ta’sirlaridan himoyalanishi kerak, buning uchun o’ziga zarur bo’ltan barcha narsalarni tabiatdan qidiradi va topgan materiallaridan foydalanadi. Ayni bir paytda tabiatdan topgan materiallar ham insonga yashash uchun ancha qulay shart-sharoitlar yaratish imkonini beradi. Inson tabiatdan topgan mazkur materiallarni o’z foydasi yo’lida o’zgartiradi. Bunday jarayon davomida inson tomonidai jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo’ladigan moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish sohasidagi “mehnat” deb ataladigan maqsadga muvofiq faoliyat amalga oshiriladi. Inson o’z mehnatining maqsadi, usuli va natijasini aniqlash davomida, qanday mahsulotlar qancha miqdorda va qachon ishlab chiqarilishi kerak, bu mahsulotlarni qandan resurslardan, qay tarzda, qanday texnologiya yordamida ishlab chiqarish kerak, bu mahsulotlar kim uchun ishlab chiqarilishi kerak degan uchta muhim masalani hal qiladi. Binobarin, birinchi masalada mehnat ongli faoliyat, ikkinchisida — ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, uchinchidan — ijtimoiy foydali faoliyat sifatida namoyon bo’ladi. Biz bilamizki, bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bozor tizimi asosida shakllantiriladi va amal qiladi. Xuddi shuningdek, mehnat munosabatlari xam mehnat bozori asosida shakllantiriladi va tartibga solinadi. Mehnat bozori ishga yollanuvchilar va ish beruvchilar, korxona, tashkilot, muassasa hamda davlat o’rtasidagi mehnat munosabatlari yig’indisidir. Yoki boshqacha aytganda, mehnat bozori ishchi kuchining mexnatga qobiliyatini sotish va sotib olish tizimidir. Mehnat bozorida xam talab, taklif, narx va raqobat xal qiluvchi komponent hisoblanadi. Mehnat bozorida taklif sifatida ishchi kuchining mexnat potensialini sotish tushunilsa, talab esa mexnat qobiliyatini sotib olish istagini bildiradi. Bunda talab va taklif o’rtasidagi muvozanat holati nuqtasida narx paydo bo’ladi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling