Mavzu Dinamik makroiqtisodiy tahlil faniga kirish Reja
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
Мавзу 1.
- Bu sahifa navigatsiya:
- P = M V / Y va Y= M V / P
- Keyns kesmasida
(1-rasm).
1-rasmdan ko‘rinib turibdiki, yalpi talab egri chizig‘i doimo pastga va o‘ngga suriladi. 1-rasm. Yalpi talab egri chizig’i Bunday surilishning sababi har xil. Ma’lumki, alohida olingan tovarlar bozorida talab egri chizig‘ining surilishiga asosan daromad samarasi va o‘rinbosar tovarlar sabab bo‘ladi. Ayrim tovarlarning bahosi pasayganda, iste’molchilarning pul daromadlari ko‘proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi). Shuningdek, baho pasayganda iste’molchi ushbu tovarni ko‘proq boshqa sotib oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq bo‘ladi (o‘rnini bosadigan tovarlar). 2 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): Milliy bozorda AD-egri chizig‘ining traektoriyasini, ya’ni uning quyiga egilganligini, avvalo pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash mumkin: M V=Y P Bu yerda: M – muomaladagi pul miqdori; V – pulning aylanish tezligi; P – iqtisodiyotdagi baholar darajasi (baholar indeksi); Y – talab qilinayotgan real ishlab chiqarish hajmi. Bu tenglamadan: P = M V / Y va Y= M V / P tenglamalarni keltirib chiqaramiz. Bu tenglamalardan ko‘rinadiki, baholar darajasi qancha oshsa, real YaIM hajmiga talab shuncha past bo‘ladi, ya’ni pul massasi (M) va uning aylanish tezligi (V) o‘zgarmas bo‘lsa baholar darajasi va yalpi talab o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud bo‘ladi 3 . Yalpi taklif deganda muayyan baholar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. Yalpi taklif tushunchasi ko‘pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Baholarning yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag‘bat yaratadi va aksincha past baholar mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan baholar darajasi o‘rtasida to‘g‘ri aloqa mavjud. 60 Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi baholar o‘sib borishi bilan o‘sib, pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig‘i alohida tovar taklifi egri chizig‘idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, ko‘tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat (.2-rasm). Bunday holat yalpi taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko‘pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga kiritib yuboriladi. Yalpi taklifning keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi uning potensial hajmidan, ya’ni to‘liq bandlik sharoitida erishishi mumkin bo‘lgan hajmidan kamdir. 3 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): Demak, bu kesma iqtisodiyot pasayish bosqichida bo‘lgan va katta miqdordagi resurslardan foydalanilmagan sharoitni ko‘rsatadi. Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni esa baholar darajasiga ta’sir ko‘rsatmagan holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi oshishi baholar darajasi o‘zgarmay qolgan sharoitda ro‘y beradi. Yalpi taklif egri chizig‘ining Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan qisqa muddatda amal qilishini xarakterlaydi. Bu kesmada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi: -iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to‘liq band bo‘lmagan sharoitda amal qiladi; baholar, nominal ish haqi qayd etilgan, bozor tebranishlaridan juda kam ta’sirlanadi; real miqdorlar (ishlab chiqarish, bandlilik, real ish haqi) harakatchan va bozor tebranishlaridan tez ta’sirlanadi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling