Mavzu: Dinamik makroiqtisodiy tahlilda real sektor Reja 1 Iqtisodiyotning real sektori mazmuni


Milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar


Download 115.27 Kb.
bet3/5
Sana16.09.2023
Hajmi115.27 Kb.
#1679756
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu Real sektor

1. Milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Bular mamlakatning iqtisodiy resurs salohiyatini, yerosti va yerusti boyliklari zaxiralari hamda tabiiy resurslari hajmini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. 2. Milliy iqtisodiyot faoliyat qilishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Bular bandlik, ishsizlik, inflatsiya, iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar darajasi, narxlar darajasi va uning o‘zgarishi, savdo aylanmasi, to‘lov balansi holati va boshqalar.
3. Milliy iqtisodiyot faoliyatining natijalarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. Ishlab chiqarishning yillik hajmi (YaIM va uning harakat shakllari). 4. Milliy iqtisodiyot natijalaridan foydalanish holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Bular YaIM da iste’mol va jamg‘arma nisbati, ish haqi va boshqa omilli daromadlar darajasi, YaIM da investitsiyalar ulushi va boshqlar
Real sektor iqtisodiyoti tarkibi – bu milliy iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar ko‘rsatuvchi turli tarmoq va sohalar yig‘indisidan iborat bo‘lib,ular o‘zaro aloqada va bog‘liqlikda iqtisodiy faoliyatda bo‘ladilar.
Real sektor iqtisodiyoti ichki va tashqi bozorga ne’matlar ishlab chiqaruvchi, zamon va bozor talabidagi o‘zgarishlarga nisbatan moslanuvchan iqtisodiy subyektlar faoliyati yig‘indisidan iboratdir.
Mamlakat milliy iqtisodiyoti moddiy ishlab chiqarish sohalari va bozor xizmat ko‘rsatish sohalaridan tarkib topadi. Iqtisodiyotning real sektoriga quyidagi moddiy va nomoddiy boyliklar yaratish hamda xizmatlar ko‘rsatish sohalari kiradi:
  • sanoat;
  • qishloq xo‘jaligi;
  • qurilish;
  • transport va aloqa;
  • boshqa xizmat ko‘rsatish sohalari.

Iqtisodiyotning real sektori ni tahlil qilishda MHT ning orni
1953 yilgi MHT xalqaro darajada tan olingan dastlabki standart edi. Keyinchalik u 1968 va 1993 yillarda yangilandi. Milliy hisoblar standarti u yoki bu darajada majburiy bo‘lgan shartli qoidalarni o‘zida mujassam etadi. Masalan, ishlab chiqarish chegarasi to‘g‘risidagi qoida undan uy xo‘jaliklari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan xizmatlarning ko‘rsatilishini istisno etadi;
Iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanishi bilan ilgarigi shartli qoidalar mos kelmay qoladi, metodologiya va nazariy konsepsiyalar, foydalanuvchilar ehtiyojlarida o‘zgarishlar yuz beradi va shuning uchun milliy hisoblar standartlari vaqti-vaqti bilan yangilanib turishi lozim.
1993 yilda MHT tubdan yangilanganidan keyin BMT Statistika qo‘mitasi kichik, lekin tez-tez yangiliklar kiritishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qildi, lekin bu qaror amalga oshirilmadi va shuning uchun boshqa yirik yangilashni amalga oshirish zarurati tug‘ildi
Ushbu zarurat so‘nggi 20 yil mobaynida iqtisodiyotda ishlab chiqarish jarayonlarida axborot va kommunikatsion texnologiyalar rolining oshishi bilan bog‘liq katta o‘zgarishlar yuz berganligi, nomoddiy aktivlar va xizmatlar rolining oshganligi, milliy iqtisodiy tizimlarning globallashganligi va ijtimoiy islohotlar tufayli yuzaga keldi.
Mazkur o‘zgarishlar tasniflash qismida ham, statistik tekshiruvlar va makroiqtisodiy statistikani shakllantirish uchun konseptual asos sifatida foydalaniladigan nazariy qoidalarda ham statistik ma’lumotlarni shakllantirish sohasidagi tuzatishlarni talab qiladi
1993 yilgi MHTni yangilash jarayoni rasman 2009 yilning mart oyida nihoyasiga yetdi, o‘shanda yangilangan versiya BMT Statistika qo‘mitasi tomonidan ma’qullandi. Unga «2008 yilgi milliy hisoblar tizimi» nomini berish tavsiya etilgan

Download 115.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling