Mavzu: Dinamik makroiqtisodiy tahlilda real sektor Reja 1 Iqtisodiyotning real sektori mazmuni


Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashning murakkabliklari. Milliy farovonlikni baholashning muammolari


Download 115.27 Kb.
bet5/5
Sana16.09.2023
Hajmi115.27 Kb.
#1679756
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-mavzu Real sektor

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashning murakkabliklari. Milliy farovonlikni baholashning muammolari
MHTdagi ko‘rsatkichlar yalpi mahsulot va yalpi daromadni faqatgina miqdor jihatdan hisoblab beruvchi ko‘rsatkichlar hisoblanib, ular bir qator kamchiliklardan holi emas. Masalan, ular ilmiy-texnik taraqqiyot va iqtisodiy o‘sishning salbiy jihatlarini hisobga olmaydilar, bundan tashqari YaIM va MD ko‘rsatkichiga nisbatan kamroq darajada ortadigan farovonlik, hayot sifati darajasini aks ettirmaydi.
Farovonlik darajasini aniqlashda odatda a) aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YaIM (GDP per capita), ya’ni YaIM / mamlakatdagi aholi soni; yoki b) aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi MD (NI per capita), ya’ni MD / mamlakatdagi aholi soni ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Mamlakatlarni o‘zaro ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha qiyoslash uchun ularni nisbatan qat’iy valutada, ya’ni AQSh dollarida hisoblash amaliyotda keng tarqalgan.
Ammo ushbu yuqorida keltirib o‘tilgan ko‘rsatkichlar ham mukammal hisoblanmaydi va hayot sifati darajasini aniq belgilab bera olmaydi.
Ularning asosiy kamchiliklari:
a) ular o‘rtacha tenglashtirilgan (agarda bitta kishida ikkita avtomobil, ikkinchi bir kishida umuman avtomobil bo‘lmasa, u holda har birida o‘rtacha bittadan mavjud deb hisoblanadi);
b) ular farovonlik darajasining ko‘pgina sifat jihatlarini hisobga olmaydi (bir xil kattalikdagi MDga ega ikki mamlakat turlicha: savodxonlik darajasi, umr kechirishining davomiyligiga ko‘ra, salomatlik va o‘lim darajasi, jinoyatchilik darajasi va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha farqlanishi mumkin);
g) ular iqtisodiy o‘sishning salbiy oqibatlarini hisobga olmaydi (atrof-muhit ifloslanish darajasi, shovqin, gazlar bilan ifloslanganlik darajasi va boshqalar).
v) ular dollarning turli mamlakatlar uchun turlicha sotib olish qobiliyatiga ega ekanligini rad etadi (1 dollarga AQShda va masalan, Hindistonda turli hajmdagi tovarlarni xarid qilish mumkin);
Download 115.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling