3) Uchinchidan, har bir din o’z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilik vazifasini bajaradi. Dinlar o’z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o’z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilga holda bajarilishini shart qilib qo’yadi. - 3) Uchinchidan, har bir din o’z qavmlari turmushini tartibga solib, nazorat qiluvchilik vazifasini bajaradi. Dinlar o’z urf-odatlarining, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan o’z vaqtida, qat’iy tartibga amal qilga holda bajarilishini shart qilib qo’yadi.
- Masalan, islomda kuniga 5 mahal namoz o’qilishi, har hafta juma namozini jo’me masjidlarida ado etilishi, Ramazon oyida bir oy ro’za tutilishi, ro’za (iyd al-fitr) va qurbon (iyd al-adho) hayitlarining nishonlanishi musulmonlarning hayot tarzini tartibga solib turadi.
- 4) To’rtinchidan, din aloqa bog’lashlik, birlashtiruvchilik vazifasini bajaradi, ya’ni har bir din o’z qavmlarining birligini, jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqadorlikda bo’lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi kishilarning o’z dinidagi boshqa birodarlari bilan aloqador ekanligi, o’zaro huquq va burchlarining borligini, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo’lib bajarilishini lozimligini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |