Mavzu: dunyo aholisi


Kurs ishining maqsadi va vazifasi


Download 117 Kb.
bet2/8
Sana03.02.2023
Hajmi117 Kb.
#1149429
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DUNYO AHOLISI

Kurs ishining maqsadi va vazifasi: Aholini ob’ektiv ijtimoiy qonun va qonuniyatlar asosida rivojlanib borishida, har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar davrida aholi rivojlanishini boshqaradigan o’ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy qonun va qonuniyatlarning harakat qilishi kuzatiladi. Jamiyatning rivojlanish bosqichlarida, ularning har biriga xos ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlari amal qiladi.
I BOB. AHOLINING JOYLAShUVI VA UNING GEOGRAFIK ShAKLLARI
1.1. Aholining hududiy taqsimlanishi va zichligi
Aholining hududiy joylanishi–er yuzining kishilar tomonidan o’zlashtirilishi bilan bog’liq bo’lgan juda uzoq tarixiy jarayonning natijasidir. Er sharinig turli qisimlarida, turli mamlakatlarda aholining hududiy joylashishi va zichligi tarixiy, ijtimoiy – iqtisodiy va tabiyi omillar ta’sirida vujudga keladi. Bu asosiy omillar dunyoning turli qisimlarida ham, hududiy va ham vaqt nuqtai nazardan bir xil emasligi va hech qachon bunday bo’lmasligi o’z – o’zidan ma’lum. Shuning uchun ham turli kontinentlarda, uning zichligida katta farqlar mavjud. Odatda aholining hududiy joylashuvini har bir kvadrat kilometrga to’g’ri keladigan aholi soni bilan ko’rsatiladi.
Er sharida aholining o’rtacha zichligi har kv km ga taxminan 51 kishi to’g’ri keladi. Ammo dunyoning turli qisimlarida aholining zichligi turlichadir. Dunyoning ayrim hududlarida zichlik juda yuqori Germaniyaning Rur havzasida, angliyaning Midlend rayonida o’rtacha zichlik 1000 kishiga etadi. AQShning Atlantika sohilidagi katta hududda (Bostondan Vashingtongacha) o’rtacha zichlik 300 kishidan ortiq.
Bu hududlarda yuqori zichlik asosan industrial taraqqiyot va yirik shaharlarinig keng rivojlanganligi hisobiga bo’lsa, dunyoning ayrim rayonlarida ko’p mehnat talab qiladigan qishioq xo’jaligi ham yuqori zichlikka sababchi bo’lmoqda. Masalan, Bangladesh davlatida o’rtacha zichlik 400 kishi, Indoneziyaning Yava orolida 500, Hindistonning ayrim hududlarida 300 kishidan ortiqdir.
Misr Arab Respublikasining Nil daryosi deltasida zichlik 800 kishiga etadi. O’zbekistonning ayrim qishloq xo’jalik rayonlarida ham aholi zichligi 300-400 kishiga etadi. Moldaviya, G’arbiy Ukrainaning yirik qishloq xo’jalik rayonlarida ham zichlik 300–400 kishiga etadi.
Professor Yu. G. Saushkin obikor dehqonchlik, tropik dehqonchilgi va ayniqsa sholikorlik rivojlangan rayonlarda aholining juda zich yashashligi haqida ko’plab misollar keltirib xulosa chiqargan:
-Keyinroq o’zlashtirilgan va yangidan sug’orila boshlangan erlardagiga nisbatan qadimdan sug’orib kelinayotgan erlarda aholi doimo zichroq bo’ladi;
-Sug’oriladigan hududlar orasida sholi ekiladigan rayonlarda aholi ayniqsa zich bo’ladi. Boshqa g’alla ekinlari va texnika ekinlari ekiladigan rayonlarda zichlik sholikorlik rayonlaridagiga nisbatan past bo’ladi. Agar dunyo aholisinig joylashuvi va zichligi xaritasiga nazar tashlasak aholi eng ko’p va zich yashaydigan areallarni ajratish qiyin emas. Birinchi navbatda eng yirik to’rtta ana shunday areal yaqqol ko’zga tashlanadi:
1) Eng yirik birinchi areal o’z ichiga Hindiston yarimorolini, janubiy – sharqiy Osiyoni, Xitoyning sharqiy qisimini, Koreya yarim orolini va Yaponiyani oladi. Bu arealning ko’pchilik qismida (Masalan, Gang daryosi vodiysi, Yava oroli, Yanszi havzasi va boshqa) zichlik 200 kishiga etadi va undan ham ortadi. Faqat tog’li o’lkalarda zichlik birmuncha past. Bu arealda qator yirik millioner shaharlar (Tokio, Shanxay, Kalkutta, Bombay, Osaka, Kiota va boshqa) joylashgan.
2) Aholi zich joylashgan ikkinchi yirik areal Evropadir. Skandinaviya yarimorolini va Rossiya Evropa qismining shimoliy – sharqiy hududlarini hisobga olmaganda Evropaning qolgan barcha qismini shu arealga kiritish mumkin. Bu erda zichlik 50, ko’p hududlarda 100 kishidan ortiq.
3) Aholi ko’p zich joylashgan AQShning Atlantika sohili.
4) Nil daryosi quyi oqimi hamda deltasini o’z ichga oladi.
Dunyo aholisi zichligi xaritasida aholi eng ko’p va zich joylashgan areallar bilan birqatorda deyarli o’zlashtirilmagan hududlarni ham ko’rish mumkin. Bunday areallardan ham bir nechta xarakterlisini ajratsa bo’ladi. Jumladan, Artika atrofidagi rayonlar kam o’zlashtirilgan eng yirik arealdir.
Bu arealga Grenlandiya, Shimoliy Amerika materigining qisimlari, Kanada, Artika arxepelagi, Rossiya hududida Sibir va Uzoq sharqning shimoliy qisimlarini kiritish mumkin. Bu hududda aholi kamligi asosan Artika va Subartika iqlimining sovuqlilgi oqibatidir.
Aholi kam yashaydigan ikkinchi yirik areal Sahroi Kabr, uchinchisi Avstraliya cho’llari, to’rtinchisi Gobi, Taklamakon cho’llari, Tibet yassi tog’ligi va uni janubdan o’rab turgan qudratli tog’lari, beshinchisi Janubiy Amerika materiginig ichki qisimlaridagi ayrim hududlar Amazoniya, Braziliya yassi tog’ligining g’arbiy qismi va boshqalardir. Shuningdek kam o’zlashtirilgan areallarni Arabiston yarimorolida Kalaxari cho’lida va boshqa joylarda ham ko’rish mumkin.
Er sharidagi aholining hududiy joylashishi va zichligida bir qancha katta farqlar bo’lib ular uzoq tarixiy davirda va xilma–xil omillar ta’sirida vujudga kelgan. Bulardan eng asosiylari tarixiy, ijtimoiy – iqtisodiy, tabiiy va boshqa omillardir.
O’bekiston hududining tabiiy sharoiti ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishi imkoniyatlarining turli tumanligi aholi joylashuviga ham ta’sir qiladi. Mamlakat bo’yicha aholi joylashuvining o’rtacha zichligi taxminan 1 km2 ga 66,8 kishidan iborat bo’lgan holda, Navoiy viloyatida 8,1 kishidan, Andijon viloyatida taxminan 600 kishigacha farq qiladi. (Bu borada ichki tafovut 70 marttadan iborat).
Qadimdan sug’oriladigan vohalarda aholi zich, Masalan, Farg’ona, Namangan, Xorazim viloyatlari, Qoraqalpog’iston respublikasi va Navoiy viloyati respublika maydonining 61,9 % ini egallasada bu hududda respublika aholisining atiga 9,3 % yashaydi. Toshkent aglomeratsiyasida aholi zichligi 600 – 700 kishga etadi.

Download 117 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling