Mavzu: duradgorlikning xalq turmushidagi roli
Po’lat va dub silindrik nagellar, mixlar, shuruplarning joylashtirilish sxemasi
Download 0.96 Mb.
|
Mavzular 34talik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-Mavzu: DETALLARNI MIX, BURAMA MIXLAR BILAN BIRIKTIRISH
Po’lat va dub silindrik nagellar, mixlar, shuruplarning joylashtirilish sxemasi:
a -to’g’ri qatorga, b -shaxmat tartibida, v -mixlarning joylashtirilishi Mix bilan biriktirish yog’och konstruktsiyalardan balkalar, shchitlar (panellar), to’siqlar, fermalar va h. k. da keng qo’llaniladi. yog’och konstruktsiyalar uchun taxtalarni mix bilan biriktirishda diametri 6mm va undan yo’g’on mixlar ishlatiladi, zirk daraxtidan bo’lgan taxtalarni mix bilan biriktirishda diametri 5mm dan yo’g’on mixlarni oldindan parmalangan teshikka qoqish lozim, bunda teshik diametri qoqiladigan mix diametrining 0,9, teshik chuqurligi esa mix uzunligining 0,6 qismiga teng bo’lishi kerak. YOg’och elementlarni (taxtalarni) biriktirish uchun mix o’qlari orasidagi masofa (tola bo’yicha) quyidagicha bo’lishi lozim mixlanadigan element qalinligi bo’lganda S1=15d va mixlanadigan element qalinligi s=4d bo’lganda (d-mix diametri) S1<25d. Mix teshib o’tmaydigan elementlarga qoqilganida, uning qalinligidan qat’i nazar S1 masofa mixning o’n besh diametriga teng yoki S1 15d qabul qilinadi. 16-Mavzu: DETALLARNI MIX, BURAMA MIXLAR BILAN BIRIKTIRISH Duradgorlikda detallarni oddiy mixlar bilan va burama mixlar, shurup yordamida biriktirish mumkin. Duradgorlikda faqat juda qo’pol buyumlarga metall mixlar qoqiladi. Mixning yo’g’onligi diametri u qoqiladigan detalning qalinligidan oshmasligi kerak. Agar mix ikkala detallardan oshib ketsa unda mixning uchini qayirib qo’yiladi. Mixni qoqishdan avval uning kallasini asta sekin urish kerak, mixning o’zagining yarmi kirgach qattiq zarb bilan urish kerak. Agar mix qiyshiq ketsa yoki bukilib qolsa uni maxsus ombur, kertikli bolg’a va maxsus mix sug’urgich bilan sug’urib olamiz. Qattiq va elastik yog’och mixini maxkamroq ushlaydi, lekin mixni bunday yog’ochga qoqish ancha qiyin. Sanoatda yo’g’onligi, uzunligi va kallaglari xar xil mixlar ishlab chiqariladi. Burma mixlar duradgorlik ishlarida, ya’ni eshik va derazalarning oshiq-moshiqlarini o’rnatishda ishlatiladi. Bunday mixlar oddiy mixlarga nisbatan ancha puxta birikma hosil qiladi. Pardozlanadigan buyumlarni burchak birikmalarini mustaxkamroq qilish uchun metall burchaklari va uskunalar metall mixlar bilan maxkamlanadi. Burama mix kallak va vintsimon o’yiqlar o’zakdan o’zakdan iborat maxkamlovchi detallardir. Burama mixning kallagida otvyortka uchun ariqcha bo’ladi. Burama mixlar yarim dumaloq, yashirin va yarim yashirin kallaklari shuningdek, o’zaklarning uzunligi bilan farqlanadi. Burama mixni detallarga kiritish ancha qiyin, shuning uchun burama mixlarni kiritishdan oldin bigiz bilan chuqurcha hosil qilinadi. Yashirin kallakli uchn esa kichik parma bilan o’yiqcha ochiladi. Burma mixni shu o’yiqchaga o’rnatib otvyorka bilan soat strelkasining yo’nalishi bo’yicha buraladi. Yo’g’on va uzun burma mixlar uchun teshiklar parma bilan o’yiladi. Uning diametri burma mix o’zagi diametrining 4G’5 qismicha bo’lishi, chuqurcha o’zak uzunligi yarimcha parmalanishi kerak. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling