Mavzu: Ekskursiya (Sayohatlar tashkil etish va otkazish metodikasi )


Download 77.25 Kb.
bet3/8
Sana28.12.2022
Hajmi77.25 Kb.
#1069875
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ekskursiya (Sayohatlar tashkil etish va otkazish metodikasi )

--Ko`rish orqali rekonstruksiyalash(zritelnaya rekostruksiya) metodi bu qisman saqlanib qolgan ob`yektning avvalgi holatini xayolan tiklashdir.Bu metod ekskursiyada o`tmishdagi arxitektura yodgorliklari va inshootlarini ko`rsatayotganda, ular bizgacha asl holatini saqlab qolmaganda, keng qo`llaniladi.Ob`yektlarning ko`pginasi avvalgi ko`rinishini yo`qotgan, qayta qurilgan, ularning atrofi ham o`zgargan.

Bino va inshootlarning saqlanib qolgan qismi gidga ko`rish orqali rekostruksiyalashni olib borishga yordam beradi.Ko`rishdagi taasurotlarga suyangan holda u so`z orqali ko`rilayotgan ob`yektni tiklaydi.Verbal rekonstruksiyalashdan tashqari gid “gid portfeli”dagi ko`rgazmali vositalardan foydalanishi mumkin: o`tmish rasmlari, kartinalar, sxemalar…

Urush voqealarini, davlat arboblari, madaniyat ustalari yashab, ijod qilgan joylarni ko`rsatishda ham ko`rish orqali rekonstruksiyalash metodidan foydalanish mumkin. Ushbu metoddan foydalanish giddan ob`yekt haqida keng va to`liq malumotni talab qiladi. U ob`yektning avvalgi holatini o`zi aniq tasavvur etishi lozim.

2. Ekskursiya ob`yektlarini namoyish etish metodlari: oldindan ko`rib chiqish;

Ekskursiyalarda tanaffus – asosiy tarkibiy qismi bo`lib, oldindan rejalashtiriladi. Ular marshrut bo`yicha, mavzuga bog`liq namoyish ob`ektlari mavjud bo`lmaganda, ekskursiyalarda maqsadlidir. Bunday tanaffuslar maqsadi – sayyohlar hikoyadan dam olishadi va bir-birlari bilan qiziqarli faktni muhokama qilishadi. Yana sayyohlarga ekskursiya ob`ektlarini mustaqil aylanib chiqishlari uchun tanaffus beriladi, bu ularga mavzuni yanada chuqurroq anglashiga yordam beradi. Tanaffus paytida gid sayyohlar harakatini ohista yo`naltirishi zarur.

Kutilmagan hodisalarga reaksiya. Ekskursiya jarayonida kutilmagan hodisalar har xil bo`ladi: shovqinli to`y marosimi, tez o`tib borayotgan yong`in o`chirish mashinasining sirenasi, birdaniga paydo bo`lgan itlar to`dasi va boshqalar albatta sayyohlar e`tiborini tortadi. Bunday paytlarda gid o`zini qanday tutishi kerak?


Download 77.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling