Mavzu: Ekskursiya (Sayohatlar tashkil etish va otkazish metodikasi )


Download 77.25 Kb.
bet6/8
Sana28.12.2022
Hajmi77.25 Kb.
#1069875
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ekskursiya (Sayohatlar tashkil etish va otkazish metodikasi )

Avtobusda gidning o`rni. Chiqish so`zini gid salonning oldingi qismida sayyohlarga qaragan holda tik turib so`zlaydi. (avtobus harakatlanishidan oldin). Keyin o`ng tarafdagi birinchi qatorda, o`z ish joyiga o`tirib, yo`l-yo`lakay sayyohlar chap va o`ng tomonlarga nimalarni ko`rayotganlarini hikoya qilib boraveradi. Hikoyani gid sayyohlarga yuzma-yuz turib hikoya qilishi mavjud qoidalarga ko`rsatilmagan (shart emas!).

Avtobusda gidning o`rni. Chiqish so`zini gid salonning oldingi qismida sayyohlarga qaragan holda tik turib so`zlaydi. (avtobus harakatlanishidan oldin). Keyin o`ng tarafdagi birinchi qatorda, o`z ish joyiga o`tirib, yo`l-yo`lakay sayyohlar chap va o`ng tomonlarga nimalarni ko`rayotganlarini hikoya qilib boraveradi. Hikoyani gid sayyohlarga yuzma-yuz turib hikoya qilishi mavjud qoidalarga ko`rsatilmagan (shart emas!).

Avtobusdan tushish va sayyohlarning keyingi harakati. Ob`ektni kuzatish uchun belgilangan to`xtash joyiga birinchi bo`lib gid tushadi, avtobus oldidan chetroqqa o`tib, guruhni kutadi. Avtobusdan ob`ektgacha, ob`ektdan ob`ektgacha va ob`ektdan avtobusgacha bo`lgan harakatlar birdamlikda amalga oshiriladi. Gid o`rni guruh boshida bo`ladi. Gid guruh harakatini kuzatishi, tarqalishiga yo`l qo`ymasligi kerak. Guruh boshi va oxiri o`rtasidagi masofa 8 -10 metrdan oshmasligi lozim. Gid guruh harakati tezligi(tempi) ekskursiya yaxlitligini buzmasligiga erishishi zarur.

4.Ekskursiyalarda tanaffus

Ekskursiyalarda tanaffus – asosiy tarkibiy qismi bo`lib, oldindan rejalashtiriladi. Ular marshrut bo`yicha, mavzuga bog`liq namoyish ob`ektlari mavjud bo`lmaganda, ekskursiyalarda maqsadlidir. Bunday tanaffuslar maqsadi – sayyohlar hikoyadan dam olishadi va bir-birlari bilan qiziqarli faktni muhokama qilishadi. Yana sayyohlarga ekskursiya ob`ektlarini mustaqil aylanib chiqishlari uchun tanaffus beriladi, bu ularga mavzuni yanada chuqurroq anglashiga yordam beradi. Tanaffus paytida gid sayyohlar harakatini ohista yo`naltirishi zarur.

Kutilmagan hodisalarga reaksiya. Ekskursiya jarayonida kutilmagan hodisalar har xil bo`ladi: shovqinli to`y marosimi, tez o`tib borayotgan yong`in o`chirish mashinasining sirenasi, birdaniga paydo bo`lgan itlar to`dasi va boshqalar albatta sayyohlar e`tiborini tortadi. Bunday paytlarda gid o`zini qanday tutishi kerak? Eng avval ko`rmayotganga olmasligi lozim. Yaxshisi ekskursiyani to`xtatib, tasodifiy hodisalar tinchib ketmagunicha yoki guruhning unga qiziqishi pasaymaguncha kutishi kerak.


Download 77.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling