Kartochkadan foydalanishning bir xususiyati mavjud. Ekskursiya jarayonida gid hamma matnni o`qimaydi, faqatgina unga qarab hikoya mazmunini aniqlashtiradi. Shahar va ayniqsa shahardan tashqaridagi ekskursiyalar tanaffusi paytida u kartochkani ko`rib chiqib, hikoya materiallarini xotirasiga qayta tiklaydi. Har bir ekskursiya samaradorligi nafaqat tanlangan ob`ekt, ishlab chiqilgan marshrut, gid bilimiga, balkim ekskursiyani olib borish texnikasiga ham bog`liq. Ekskursiya jarayonidagi tartib, materiallarni qabul qilish uchun yaratilgan sharoitlar aynan texnikaga bog`liq. Ekskursiyada jarayonida uni olib borish texnikasi gid professional ustaligining tarikibiy qismi bo`lib, uning ekskursiya guruhini boshqarishdagi rahbarlik mahorati amalda sinaladi. Ekskursiyani olib borish texnikasiga quyidagilar kiradi: * gidni guruh bilan tanishishi; * sayyohlarning avtobusdan tushishi; * avtobusdan ob`ektgacha bo`lgan harakat; * avtobusga qaytish; * texnologik sxemaga mos ravishda ekskursiya rejasiga amal qilish; * sayyohlar bilan savol-javob o`tkazish; «gid portfeli» va ovoz yozish tasmasidan foydalanish; «gid portfeli» va ovoz yozish tasmasidan foydalanish; * mikrofon bilan ishlash. Gidning guruh bilan tanishishi. Gid guruh yoniga borib, yoki avtobusga kirib, eng avval guruh bilan tanishishi kerak. Shu maqsadda salomlashib, o`zining familiya, ismi, sharifi, ekskursiyani tashkil etgan turfirma nomini va avtobus haydovchisini tanishtiradi. Keyin ekskursiya mavzusini e`lon qilib, sayyohlarni marshrutga qiziqtirish uchun bir necha mashhur yodgorliklar va joylarini sanab o`tadi, marshrutni qisqacha harakterlaydi, uning davomiyligi, boshlanish va tugash vaqti, joyini e`lon qiladi. Gid chiqish so`zining oxirida ekskursiya jarayonida sayyohlar o`zlarini qanday tutishlari kerak aytib o`tadi: avtobus harakat paytida o`rindan turmaslik va yurmaslik, to`xtash joylarida gidni ogohlantirmay biror joyga ketib qolmaslik, faqat o`z joyiga o`tirish, avtobusda chekmaslik, haydovchiga halaqit bermaslik. Ekskursiya amaliyotida o`rnatilgan guruh bilan muloqot qoidalariga gid o`z harakatlarini ekskursiya boshidanoq moslashtirishi muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |