Har xil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ularning ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot olish zarur hisoblanadi. Bu maqsadda birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki datchiklar) keng qo‘llaniladi. Datchik deb, nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni kerakli yoki avtomatika tizimining keyingi elementlarida qo‘llash uchun qulay qiymatga o‘zgartiradigan vositaga aytiladi. Datchiklarning aniq va ishonchli ishi, butun tizim ishini tegishli asosiy ko‘rsatkichlarini belgilab beradi. Datchiklar yuqori ta'sirchanlik (sezgirlik) va aniqlikka, uzoq xizmat muddati va ishda beshikastlikka, kichik o‘lcham va og‘irlikka, hamda past narxga ega bo‘lishlari kerak. 2.Datchiklarning turlari va ishlatilish joylari.
Mexanik o‘zgartirgichlar mexanik kirish ko‘rsatkichlarni (bosim, kuch, tezlik, sarf va hokazo) mexanik chiqish ko‘rsatkichlarga (aylanish chastotasi, bosim va hokazo) o‘zgartirib berish bilan xarakterlanadi. Bunday o‘zgartirgichlarning sezgirlik elementi sifatida elastik elementlar (membrana, prujina, balka kabilar) poplavoklar, krilchatkalar va drosselli qurilmalar ishlatiladi.
Elektromexanik birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki elektrik datchiklar) kirish mexanik ko‘rsatkichlarni (bosim, kuch, sarf kabilarni) chiqish elektrik ko‘rsatkichlarga (kuchlanish, tok, qarshilik, induktivlik kabilarga) o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladi. Elektromexanik o‘zgartirgichlar parametrik va generator o‘zgartirgichlarga bo‘linadi.
Parametrik datchiklar
Parametrik datchiklarda chiqish ko‘rsatkichi elektr zanjir kattaliklaridan (qarshilik, induktivlik, o‘zaro induktivlik, elektr sig‘imi kabilardan) tashkil topadi. Bunday turdagi datchiklarda elektr toki va kuchlanish sifatida chiqish signalini olish uchun ular maxsus elektr sxemalariga (ko‘prikli, differensialli) ulanishi hamda alohida energiya manbasiga ega bo‘lishi kerak .
Datchiklar kirish x signalini son va turi bo‘yicha o‘zgartirishiga qarab ham, ayrim guruhlarga ajratiladi. Kirish signalini bevosita o‘zgartiradigan datchiklar, kirish x signalni bevosita chiqish y signaliga o‘zgartiradi. Bunday datchiklar qulay, chunki oraliq o‘zgartiruvchi qismlarning hojati bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |