Mavzu: Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qo‘llash, sinash va o‘lchash hamda begona tok manbaidan yuqori kuchlanish berib sinash Reja: 1


«Kenotron uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xodimlar uchun xavfsizlik texnikasi bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma»-


Download 479.9 Kb.
bet2/5
Sana24.09.2023
Hajmi479.9 Kb.
#1687309
1   2   3   4   5
Bog'liq
jalol 5Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositala

«Kenotron uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xodimlar uchun xavfsizlik texnikasi bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma»-ga asosan ekspluatatsiya qilinishi zarur.
Sinalayotgan uskuna bilan sinov uskunasini ulovchi sim, oldin sinov uskunasi-ning yerga ulangan yuqori kuchlanishli qurilmasiga ulanadi. Bu sim shunday mahkamlanishi kerakki, ushbu sim kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismiga 1-jadvalning 3-chi ustunida ko‘rsatilgan masofadan yaqin kelishiga (ilashishiga) yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Sinov uskunasidan kelayotgan simni kabel fazasiga yoki sinalayotgan uskuna fazasiga ulash va olish, sinov rahbari ko‘rsatmasi bilan, faqat ushbu uskunani yerga ulash pichog‘ini yoxud ko‘chma yerga ulagich yordamida, yerga ulanganidan so‘ng, shu jumladan, maxsus laboratoriyada ishlatiladigan izolyasion dastakli yerga ulagich yordamida, yerga ulanganidan keyin amalga oshiriladi.
Ishboshi, har doim sinalayotgan uskunaga sinov uskunasidan kuchlanish berishdan oldin, quyidagi tadbirlarni bajarishi shart:
- sinov uchun yig‘ilgan sxemalarni to‘g‘riligini, ishchi va himoya yerga ulagichlarni mustahkamligini tekshirish;
- nazorat uchun tayinlangan barcha brigada a‘zolari va qo‘riqlash uchun tayinlangan ishchilar o‘z joylarida turganligini, begona odamlar ish joyidan chiqarilganligini va uskunaga sinov uchun kuchlanish berish mumkinligini tekshirish;
- brigada a‘zolarini, «Kuchlanish berayapman!» degan so‘zlar bilan ogohlantirish va ushbu ogohlantirish barcha brigada a‘zolari eshitganligi to‘g‘risida ishonch hosil qilganidan so‘ng, sinov uskunasini yuqori kuchlanishli tomonidan yerga ulagichni olib tashlab, uskunani 380/220 V kuchlanishli tarmoqqa ulashi zarur;
Sinov uskunasini yuqori kuchlanishli tomonidan yerga ulagich olib tashlangan paytdan boshlab, sinov uskunasi sinalayotgan uskuna va ular orasidagi sim kuchlanish ostida deb hisoblanishi, sinash sxemasida hamda sinalayotgan uskunada qayta ulash ishlarini bajarish man qilinadi.
Sinov uskunasini yuqori kuchlanishli tomoniga kuchlanish berilgan paytdan boshlab, sinov uskunasiga kirish va u yerdan chiqish, sinalayotgan uskunaga yaqinlashish, hamda yerda turib sinov uskunasi tanasiga tegish man qilinadi.
Kabellarni sinash va ulardagi nosoz joylarini kuydirish bilan topish, ularni yerga ulash uskunasi bor qurilma tomonidan bajarilishi zarur. Mustasno tariqasida, yerga ulash uskunalari o‘rnatilmagan kabellarda ushbu ishlar, korxona rahbari ruxsati bilan bajarilishi mumkin.
Sinov ishlari tugatilganidan so‘ng, ishboshi sinov uskunasidan kuchlanishni nolgacha pasaytirishi, uskunani 380/220 V kuchlanishli tarmoqdan uzishi va yuqori kuchlanishli tomonini yerga ulashi hamda «Uskunadan kuchlanish olindi!» degan so‘zlar bilan brigada a‘zolarini xabardor qilishi lozim. Faqat shundan so‘ng, simlarni qayta ulash yoki sinov ishlari to‘liq tugatilgan taqdirda, sinalayotgan uskunani sinov uskunasidan uzib qo‘yib, to‘siqlar olinishi mumkin.
Katta sig‘imli elektr uskunalarida (kabellarda, generatorlarda) sinov ishlari tugaganidan so‘ng, qolgan elektr zaryadi olib tashlanishi zarur.

Download 479.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling