Mavzu: Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qo‘llash, sinash va o‘lchash hamda begona tok manbaidan yuqori kuchlanish berib sinash Reja: 1
Elektr o‘lchov ombirlari va o‘lchov shtangalari (tayoqchalari) bilan bajariladigan ishlar
Download 479.9 Kb.
|
jalol 5Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositala
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Havo elektr uzatish tarmog‘ida impuls o‘lchov asbobi bilan bajariladigan ishlar
- Izolyasion shtanga asbobi
2. Elektr o‘lchov ombirlari va o‘lchov shtangalari (tayoqchalari) bilan bajariladigan ishlar
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr himoya vositalari 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida elektr o‘lchov ombirlaridan foydalanib bajariladigan ishlar, farmoyish bilan ikki kishi ishtirokida bajarilishi zarur. Bunda xodimlarni biri IV guruhga, ikkinchisi esa III guruhga ega bo‘lishi shart. Asbobga egilib uni ko‘rsatkichini ko‘rish man qilinadi. Ish dielektrik qo‘lqopda bajarilishi kerak . 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida, III guruhga ega bo‘lgan bir kishi dielektrik qo‘lqopsiz elektr o‘lchov ombirlari bilan ishlashi mumkin. Ustunda turib, elektr o‘lchov ombirlari bilan ishlash man qilinadi. Elektr o‘lchov shtangalari bilan ishlaganda, kamida ikki xodim ishtirokida bajarilishi zarur, bunda xodimlarni biri IV guruhga, qolganlari esa III guruhga ega bo‘lishlari shart. Ustunlarning tuzilishlari yoki teleskopik minoraga chiqish hamda undan tushish holatlari shtangasiz bajarilishi kerak. Shtangani yuqoridagi xodimga uzluksiz arqon yordamida uzatish va tushirish zarur. Shtanga bilan ish bajarayotganda, dielektrik qo‘lqopdan foydalanish shart emas. 3. Havo elektr uzatish tarmog‘ida impuls o‘lchov asbobi bilan bajariladigan ishlar Impuls o‘lchov asbobini, faqat o‘chirilgan va yerga ulangan havo elektr uzatish tarmog‘iga ulashga ruxsat etiladi. Ulash quyidagi tartibda amalga oshirilishi zarur: - o‘lchovchi simni avval impuls o‘lchov asbobining yerga ulangan (himoya uskunasidan kelayotgan) simiga, so‘ng himoya shtangasi yordamida havo elektr uzatish tarmog‘i simiga ulash kerak. O‘lchovchi simni havo elektr uzatish tarmog‘iga ulagan shtanga tarmoq simida qoldirilishi shart. Shtanga yordamida ish bajarilayot-ganda dielektrik qo‘lqopdan foydalanish zarur; - impuls o‘lchov asbobi havo elektr uzatish tarmog‘ining qaysi tomonidan ulangan bo‘lsa, o‘sha tomondagi yerga ulagich olinishi kerak. Kerak bo‘lgan taqdir-da, tekshirilayotgan havo elektr uzatish tarmog‘ini boshqa tomonlariga qo‘yilgan yerga ulagichni olishga ruxsat etiladi. Havo elektr uzatish tarmog‘idan yerga ulagich-lar olingandan so‘ng, ulovchi sim, himoya uskunasi va unga kelgan sim kuchlanish ostida deb hisoblanishi kerak hamda ularga tegish man etiladi; - impuls o‘lchov asbobiga kelgan simdan yerga ulagich olinadi; Impuls o‘lchov asbobi simini izolyasion shtanga (tayoqcha) yordamida, havo elektr uzatish tarmog‘iga ulash ishlarini IV guruhga ega bo‘lgan navbatchi yoki navbatchi nazorati ostida laboratoriya xodimi bajarishi zarur. Izolyasion shtanga asbobi Impuls o‘lchov asbobining doimiy oldindan ulangan simini, elektr uzatish tarmog‘iga oldindan ulangan doimiy o‘chirish-yoqish apparati orqali ulash va o‘lchash ishlarini navbatchi xodimning bir o‘zi yoki farmoyish bilan IV guruhga ega bo‘lgan laboratoriya xodimi bajarishi mumkin. O‘lchash ishlari tugatilganidan so‘ng, havo elektr uzatish tarmog‘i yana yerga ulanishi, faqat shundan keyingina izolyasion shtanga simi bilan avval havo elektr uzatish tarmog‘idan, keyin esa impuls o‘lchov asbobi simidan uzib olinishi zarur. Yuqori kuchlanishli impuls generatori bo‘lmagan impuls o‘lchov asbobi bilan o‘lchov ishlari olib borilganda, ishlayotgan brigadalarni havo elektr uzatish tarmog‘i-dan chetlashtirilmasliklariga ruxsat etiladi. Download 479.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling