Mavzu: Elеktrolitlardagi kimyoviy muvozanat reja


Download 133.21 Kb.
bet10/12
Sana07.04.2023
Hajmi133.21 Kb.
#1339692
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
MAVZU

HCl + NH 3→ Cl- + NH4+
Bu muvozanatda ikki juft kislota va ikki juft asos ishtirok etgan.Ular monand kislota va asos, muvofiq yoki kislota va asos deyiladi. Bu tenglamada Cl- - asos bilan HCl kislota, NH4+ kislota bilan NH3 asos yonaki moddalardir.
Kislota bilan asos orasida reaksiya borishi uchun qo’shiladigan asosning elektronga moyilligi kislotaga yonaki bo’lgan asosning elektronga moyillidan ortiq bo’lishi kerak. Kuchli kislota va kuchsiz asos bilan yonaki modda hisoblanadi.
Kislota - asos reaksiyalarida protonning bevosita roli ta’kidlanib, kislota va asos protonolit deb, kislota -asos reaksiyasi esa protonolitik reaksiya deb ataladi.
Erituvchilar kislorta va asoslarga nisbatan bir necha guruhga bo‘linadi. O’z protonini oson beruvchi erituvchilar ya’ni kislota xossasiga ega bo’lgan erituvchilar (suvsiz sirka kislota, chumoli kislota, sulfat kislota) protogen erituvchilar deb, o’z molekulasiga protonni biriktirib oladigan erituvchilar, ya’ni asos xossasiga ega erituvchilar (suyuq ammiak, aminlar) esa protofil erituvchilar deb, proton berish va biriktirib olish xususiyati bo’lmagan erituvchilar (benzol, xlor-benzol, toluol) aproton erituvchilar deb ataladi. Bu aproton erituvchilarda kislota ham asos ham ionlanmaydi va ularning o’zi ham ionlanmagan bo’ladi. Ba’zi erituvchilar amfoter yoki amfiproton bo’lib, sharoitga qarab yo kislota yoki asos bo’lishi ham mumkin. (Masalan, suv, etil spirt).
Quyida amfoter erituvchilarning ionlanishiga misollar keltirilgan.


Kislota - asos2 = kislota2 + asos
H2O + H2O = H3O+ + OH-
C2H5OH + C2H5OH = C2H5OH2 - + C2H4-

Download 133.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling