Mavzu: Elеktrolitlardagi kimyoviy muvozanat reja


K- tuzning kristallarining turiga qarab 1,8 - 2,8 ga teng. Temperatura o’zgarishi bilan ko’paytmaning qiymati ham o’zgaradi. Konduktometrik titrlash


Download 133.21 Kb.
bet8/12
Sana07.04.2023
Hajmi133.21 Kb.
#1339692
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
MAVZU

K- tuzning kristallarining turiga qarab 1,8 - 2,8 ga teng. Temperatura o’zgarishi bilan ko’paytmaning qiymati ham o’zgaradi.
Konduktometrik titrlash
Konduktometrik titrlash hajmiy analiz usullaridan bo’lib, bu usulda neytrallanish nuqtasi indikatorlar vositasi bilan emas, balki elektr o‘tkazuvchanlik yordamida aniqlanadi.
Eritmalar rangli yoki loyqa bo’lganida ekvivalent nuqtasini indikatorlar yordamida aniqlab bo’lmaydi. Konduktometrik usulda esa eritmaning rangi yoki uning loyqa bo’lishi xalal bermaydi. Bundan tashqari konduktometrik usul bilan bir qancha eritmani masalan, bir necha kislota aralashmasini bir yo’la titrlash, har bir kislota miqdorini aniqlash mumkin.
Masalan, kislotani titrlash kerak bo’lsin. Buning uchun kislota eritmasidan ma’lum hajmda olinib, uning ustiga ishqorning konsentratsiyasi ma’lum bo’lgan eritmasidan oz - ozdan qo’shib boriladi va har gal eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi o’lchanadi. Ishqor qo’shilgan sari tez harakat qiluvchi H+ ionlarining soni kamayib boradi, natijada eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi ham kamayadi. Titrlash nuqtasidan utgach, erkin OH- ionlari to’plana boshlaydi. OH ion ham tez harakat qiluvchi ion bo’lganidan, eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi yana oshadi. Titrlash nuqtasida erkin H+ va OH- ionlarining miqdori, minimum bo’lganligi uchun bu nuqtada elektr o‘tkazuvchanlik qiymati ham minimum bo’ladi. Shunday qilib, minimum elektr o‘tkazuvchanlik nuqtasi titrlash nuqtasidir.
Konduktometrik usul bilan faqat kislota va asoslargina emas, balki tuzlarni ham, oksidlovchi va qaytaruvchilarni ham titrlash mumkin.
Kislota - asos nazariyasi
Hozirgi vaqtda kislota - asos uchun ikki xil nazariya taklif qilingan: kislota-asoslarning protonolitik nazariyasi (Brenstend) nazariyasi va umumlashgan kislota asos nazariyasi (Liyus nazariyasi).
Brenstendning protonolitik kislota-asos nazariyasi. Suvdan boshqa erituvchilardagi eritmalarni tekshirish kislota asoslar faqat suvdagi eritmalardagina emas, suvdan boshqa erituvchilarda ham bo’lishi mumkinligini ko’rsatdi.

Download 133.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling