Mavzu. Elektron biznes va tijorat modellari
Onlayn do'konlarning biznes modellari
Download 1.17 Mb.
|
9-mavzu. Elektron tijoratning modellari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rasm. 9.5. Onlayn magazinlarni tashkil etish modellari. 5
Onlayn do'konlarning biznes modellari.Dunyoda birinchi onlayn-do'konlarning biznes modellarini qurishda buyurtmalar asosan telefon orqali, elektron pochta orqali, yetkazib berish esa kuryerlik xizmatlari tomonidan amalga oshirilgan. Hozirgi kunda esa xaridorlar inson aralashuvisiz onlayn xaridni afzal ko'rishmoqda, ammo ko’p hollarda call- markaz ishini noto’g’ri tashkil qilish elektron tijoratning biznes modellarida salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Infrastruktura nuqtai nazaridan barcha onlayn do’konlar asosan ikkita muhim axborot tizimidan iborat: Front ofis (elektron vitrina - veb-sayt). Back ofis (kontentni boshqarish tizimi, ma'lumotlar bazalari va boshqalar) Internet-magazinlarning ishini tashkil etishning xususiyatlariga qarab, quyidagi turlar ajratish mumkin: elektron vitrina (front ofis); avtomatlashtirilgan magazin (front ofis va back ofis); Internet-savdo tizimi (9.5-rasmga qarang). Rasm. 9.5. Onlayn magazinlarni tashkil etish modellari.5Internet-magazinlarning har bir turi infratuzilmani tashkil etishning ma'lum bir modeliga mos keladi. Quyidagi 9.1-jadvalda ushbu modellar keltirilgan. 9.1-Jadval Internet-magazinlarning infratuzilmasini tashkil etish uchun modellar6
Odatda, onlayn-magazin yaratish uchun bir nechta yondashuvlar mavjud: (9.6- rasmda) Qobiliyatdan kelib chiqqan holda onlayn do'konni eng sodda funksionallik bilan ishlab chiqish. Tayyor onlayn-magazinlar ijarasi. Hozirgi vaqtda ijara asosida xizmat ko'rsatishning to'liq tsiklini qamrab olgan, barcha kerakli xizmatlarni tanlashga imkon beradigan turli xil mashhur platformalar - Internet-magazin konstruktorlari mavjud. Masalan, Wix.com konstruktori (9.7- rasmga qarang). 6 Muallif ishlanmasi Tayyor magazin ijarasi Tayyor yechim, dasturiy ta’minot sotib olish Buyurtma asosida ishlab chiqish O’z g’oyalari va qobiliyati asosida ishlab chiqish Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling