Mavzu. Elektron biznes va tijorat modellari
– rasm. Elektron savdo maydonchalarini tashkil etish modellari4
Download 1.17 Mb.
|
9-mavzu. Elektron tijoratning modellari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kraudorsing.
- Ratsional
9.4 – rasm. Elektron savdo maydonchalarini tashkil etish modellari4Mijozlar bilan munosabatlar turiga ko'ra esa, ikkita modelni ajratish mumkin. O'z-o'ziga xizmat. Kompaniya elektron platforma va mahsulot yaratadi, xizmatlarni esa iste'molchining o'zi sotib oladi yoki undan foydalanadi, masalan, onlayn bank, elektron ta'lim olish, onlayn xarid qilish va h.k. Kraudorsing. Ushbu modelda kompaniya Internet-platformani ishlab chiqadi va ishga tushuradi, mahsulotni esa iste'molchilar o'zlari yaratadilar, bu kraudsorsing mahsulot deyiladi. Hozirgi kunda ko’plab kompaniyalar imkon qadar ushbu yo’nalishda faoliyat yuritishni afzal ko’rishadi. Masalan, ijtimoiy tarmoqlar, YouTube video xizmati, fotosurat bilan bog’liq xizmatlar va boshqalar bunga misol bo’la oladi. Elektron biznesni qurishda iste'molchining portretini hisobga olish va xaridorlarning xatti-harakatlarini o'rganish muhimdir. Masalan, Applening i-Tunes onlayn do'koni xaridorlarga to’plamlar o'rniga alohida soundtracklarni sotib olishni taklif qildi, yana bir mashhur internet platforma Amazon kitoblarni sahifalar bo'yicha sotish haqida e'lon qildi. Bunda ham xaridorlarning ikki turi mavjud: bular ratsional va emosional xaridorlardir. Ratsional xaridor nimani sotib olmoqchi ekanligini, xariddan nimani kutayotganini aniq biladi. Ko'pincha unga qo'shimcha ma'lumot kerak emas. Haddan tashqari ma'lumot hatto uni bezovta qilishi mumkin, chunki u sarflangan vaqtni hisobga oladi. Aynan shu narsa uni emosional mijozlardan ajratib turadi. Emosional xaridor batafsil ma'lumotga muhtoj insondir: u kommentlar, sharhlar, ularga qo'shimcha materiallarga alohida e’tibor qaratadi. Uning uchun ma’lumotlar qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi. Shuning uchun, agar emosional xaridor saytga kelib, mahsulotning batafsil tavsifini ko'rmasa, katta ehtimol bilan u savdo maydonchasini tark etadi. Shu sababli, ommaviy bozorga qaratilgan elektron do'konlar mahsulot fotosuratini talab bo'yicha batafsil tavsif bilan birga olib borishadi. Iste'molchilarning xatti-harakatlarini o'rganish muhim, chunki u ma'lum bir auditoriyaga yo'naltirilgan va maqsadli reklamani to’g’ri amalga oshirishga yordam beradi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling