Mavzu. Elektron biznes va tijorat modellari
Rasm. 9.8. Internet-do'konni tanlash mezonlarining ahamiyati.10
Download 1.17 Mb.
|
9-mavzu. Elektron tijoratning modellari
Rasm. 9.8. Internet-do'konni tanlash mezonlarining ahamiyati.10Tizim o’lchamlarining axborot tizimi va infratuzilma arxitekturasi konfiguratsiyasi bilan o'zaro bog'liqligi va mosligi. Masalan internet tezligi va tizimga tushadigan bosimni texnik vositalar ko’tara olishi. Kuchli analitik bo'limga ega bo’lish. Hech bir kompaniya tahlillarsiz, bozor, mijozlar, kompaniya natijalari to'g'risidagi ma'lumotlarni yig'masdan, qayta ishlamasdan muvaffaqiyatli bo’la olmaydi. Har bir yirik kompaniyaning o'ziga xos analitik bo'limi mavjud bo’ladi, kichik kompaniyalar esa ko'pincha bunday analitikani bepul sotib oladilar va o'zlari ma'lumot tahlilini o'tkazadilar. Statistika foydalanuvchilar oqimi bilan nima yuz berayotganini, ularni ko’payishini, qanday xatti-harakatlarini qilayotganlarini, saytga kirish nuqtalari, saytdan chiqish sahifalarini tahlil qilish va tushunishga imkon beradi. Ma'lumotlarni yig'ish va tahlil qilish bo'yicha birinchi xizmatlar qatoriga Spylog, Rambler, WebTrends.com, Omniture.com kabi xizmatlar kiradi. Ommabop statistika xizmatlari orasida Google Analytics, Yandex.Metrica, Livelnternet, Ramblerlarni ko’rsatib o’tish mumkin. Biznesning monetizatsiya modeli uni boshlashdan oldin aniqlanishi talab etiladi. Monetizatsiya modeli - foyda olishning asosiy modellaridandir. Masalan, ijtimoiy tarmoqlar reklamadan, savdo platformalarini joylashtirish uchun, ichki virtual valyuta aylanmasi, pulli ro'yxatdan o'tish, onlayn o'yinlar, sovg'alar, smayliklarni sotish va boshqalardan pul ishlab topadi. Reklama nafaqat ijtimoiy tarmoqlar, portallar, balki axborot resurslari uchun ham eng mashhur daromad manbai hisoblanadi. Shu bilan birga, axborot agentliklari hisobotlari, trafikni, individual nashrlarga obuna bo'lishni yoki arxivga kirish xizmatini sotadilar. Tanlangan monetizatsiya modeliga ko'ra, ko'plab axborot agentliklari kontentning bir qismini yopib, uni pullik qilib qo’yadilar va yaxshi trafikka ega bo’lish va reklama orqali pul ishlash uchun asosiy kontentni bepul qoldiradilar. Blog mualliflari reklama, hamkorlik dasturlari, havolalarni sotish, kontent va boshqalarda pul ishlab topadilar. Har bir aniq monetizatsiya modeli ma'lum bir biznes modeli asosida (Freemium, Free-to-Play, Full-Crowdsourcing, Donation, Print-on-Demand va boshqalar) amalga oshiriladi. Yaxshi narxni shakllantirish modeli. Narxlar modeli qiymat zanjiri va monetizatsiya sxemasi bilan o'zaro bog'liq bo'lishi kerak. Har bir mahsulotning o'ziga xos narxlash modeli mavjud Kuchli jamoa va inson kapitali. Kuchli jamoa va inson kapitali omili muvaffaqiyatli omillar va elektron tijorat risklari ro'yxatida eng muhimi hisoblanadi. Tadqiqotlar ko’p kompaniyalar muvaffaqiyatining kaliti kuchli jamoada ekanini ko’rsatadi. Bunga o'z g'oyalari, kuchli menejmenti va loyal ishchilarga ega bo’lgan jamoa liderini ko’rsatish mumkin Misol, Google-ning kadrlar kontseptsiyasi shundan iboratki, har doim asosiy lavozimlarga ko'zlari yonib turgan, ishga chanqoq odamlar jalb qilinadi. Ular doimo kompaniya haqida o'ylaydigan va fanat muxlislar kabi ishlay oladigan kishilar bo'lishi kerak. Ulardan eng yaxshi xodimlar yetishib chiqadi, bu esa kompaniya uchun eng qimmatli qadriyatlardan biridir. Yana bir muhim qoidani yodda tutish kerakki, agar kompaniya jamoasida, menejerlar, aksiyadorlar o'rtasida nizolar yuzaga kelsa, u holda investitsiyalarni jalb qilishda qiyinchiliklarga duch kelinadi. Shuning uchun ham boshqaruvchilar kompaniya egalari bilan til topishishlari juda muhim. Kuchli motivatsiya tizimi va KPI (KPI-samaradorlikning asosiy ko'rsatkichlari). Xodimlarning, ayniqsa bir turdagi ish bilan shug'ullanadiganlarning (omborlarda ishlaydigan ishchilar, kurerlik xizmatlari) motivatsiyalari qanchalik yorqin bo'lmasin, ular uchun kuchli KPI tizimi ishlab chiqilishi kerak. Avvalo, bu buyurtmaning tezligi bog'liq bo'lgan xodimlarga tegishli. Bu shunday motivatsiya tizimi bo’lishi kerakki, kompaniya boshqaruvi samaradorligi va muvofiq ravishda ish haqi darajasi xodimlar samaradorligi ko'rsatkichlari (KPI) bilan bog'langan bo'lishi kerak. Elektron xizmatlar yuqori sifatli bo’lishi. Elektron xizmatlarning sifati murakkab ko'rsatkichdir. Uning holati xizmat ko'rsatish sifatiga, xodimlarning malakasiga, ishonchliligiga va axborot tizimining uzluksiz ishlashiga, marketing sifatiga, teskari aloqa sifatiga va boshqalarga bog'liq. Elektron tijorat uchun yuqori sifat - bu foydalanuvchilarni o'ziga jalb qiluvchi va ularni doimiy xizmatlarning iste'molchilari sifatida saqlovchi ko’rsatkichdir. 9.9 - rasmda. onlayn-do'konni tanlashning va agarda bu ko’rsatkichlardan bir buzilgan taqdirda muammolarga olib kelishi mumkin bo’lgan eng muhim mezonlari ko’rsatilgan. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling