Mavzu: Elementlar davriy sistemasining o‘n ikkinchi gurux elementlari va ularning birikmalari


Download 1.33 Mb.
bet5/8
Sana07.03.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1247585
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shahboz xolmatov

Ruxning birikmalari

  • ZnO oq rangli 1950 °C da parchalanadi. Rux oksidi amfoter xossaga ega. Oq bo'yoqlar tayyorlash uchun ishlatiladi. U bolalar upasi tarkibiga ham kiradi. Rux oksidi ham kislotalarda, ham ishqorlarda eriydi, ZnO+2KOH=K₂ZnO₂+H₂O ZnO+H₂SO4=ZnSO4+H₂O
  • ZnS ma'lum sharoitda shulalanish xossasini namoyon etadi. Bu xossa unga og'ir metallarning sulfidlari aralashib qolganligidan kelib chiqadi.
  • ZnCl₂ suvsiz holatda olish juda qiyin bo'lgan modda. U uch molekula suv bilan birgalikda kristallanadi. Suvda yaxshi eriydi:
  • 2KCI-ZnCl₂ beqaror kompleks deb qarash mumkin. Rux xlorid yogochni chirishdan saglash maqsadida, metallar sirtini tozalashda va kimyoviy reaksiyalarda suv tortuvchi modda sifatida ishlatiladi.
  • ZnSO4 -rux sulfati. Eng ko'p ishlatiladigan ruxning tuzlaridan hisoblanadi. U elektrolit sifatida, tibbiyotda va ko'pdan ko'p rux birikmalarini olishda boshlang'ich moddadir. Ruxni suyultirilgan sulfat kislotada eritib rux sulfati olinadi. Uning tarkibida 7 molekula suv bo'ladi. Bu tuz eritmasi metallarni elektrolitik usulda rux bilan qoplashda, tibbiyotda, to qimachilik sanoatida va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.

Ruxning bialogik ahamiyati

  • Ruxning anchagina miqdori teri tashgi qavatida (epidermis), sochda, muskullarda, jigar va suyak to'qimalarida borligi topilgan. Soch tokilishi, bitmaydigan yaralarni davolashda rux sulfati ichdan ichish uchun qo'llanilishi ma'lum. Rux sulfati ortoborat kislota bilan (2,5 mg:20 mg) eritma holatida ko'zning konyuktivit kasalligida antiseptik modda sifatida tavsiya etilgan.
  • Rux surtmasi tarkibida rux oksidi kiritiladi, u bolalar uchun himoya qiluvchi va davolovchi ta'sirga ega. Teriga adsorbsiyalovchi, qurituvchi va teri holatini yaxshilovchi ta'siri bor.
  • Rux eng muhim mikroelementlar qatoriga kiradi. Katta odam uchun ruxni sutkalik dozasi 10 15 mg ni tashkil etadi. Rux metallofermentlar qatoriga kiradi. Ularning ichida karbongidraza va karboksipeptidaza ko'proq o'rganilgan. Karbongidaraza qizil qon tanachalari tarkibiga kirip, gidratatsiya va CO₂ ning degidratatsiya jarayonlariga ta'sir etadi. Karboksipeptidaza oshqozon osti bezi tarkibiga kiradi. U peptidlarning gidrolizlanishini tezlashtiradi. Bu jarayon insulin sintezi bilan bog'langan. Ana shu holat diabetni davolashda ishlatiladi. Hozirgi paytda bu maqsadda rux saqlovchi preparatlar tavsoya etiladi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling