Mavzu: Elementlar davriy sistemasining o‘n ikkinchi gurux elementlari va ularning birikmalari


Download 1.33 Mb.
bet4/8
Sana07.03.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1247585
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
shahboz xolmatov

Fizik xossalari

  • ➡Ko'kish-kumushsimon metal. Odatdagi sharoitda mo’rt. Yaxshi bukuluvchan metall, uni oson yupqa pardaga aylantirish mumkin. 419,5 °C da suyqlanadi. Agar qizdirilsa havoda oq yashil alanga berib yonadi va rux oksidiga o'tadi.

Ishlatilishi

  • Ruxlangan tunuka olish ancha rux sarf bo’ladi. Temirning bunday qotishmasi zanglamaydi. Galvanik elementlar tayyorlashda ham ancha rux zarur bo’ladi. Rux qotishmalaridan latun – 60% mis va 40% rux. Laboratoriyada vodorod olish uchun kerak. Rangli metallurgiyada oltin va kumush ajratib olish uchun rux juda ko’p sarflanadi

Kimyoviy xossalari

Rux va kadmiy metallari faollik qatorida vodoroddan oldinda joylasgan bo’lsa, simob faollik qatirida vodoroddan keyin joylashgan. Odatdagi sharoitda rux va kadmiy metallari sirti juda yupqa oksid pardasi bilan qoplangan bo’lib, bu parda keyingi oksidlanishdan saqlaydi.

Harorat ta’sirida rux va kadmiy oksidlarga aylanadi:

2Zn+O₂=2ZnO 2Cd+O₂=2Cdo

Suv bilan rux va kadmiy ularning ustida oksid parda borligi tufayli ta’sirlashmaydi. Suyultirilgan sulfat va xlorid kislotalar rux va kadmiy ta’sirlashadi, bunda vodorod ajraladi. Bu reaksiya kadmiy bilan sustroq boradi va odatda qizdirish kerak:

  • Zn+H2SO4=ZnSO4+H2 Cd+H₂SO4=CdSO4+H2
  • Konsentrlangan. sulfat kislota ta'sirida rux oksidlanib sulfat ionlarini SO2, S yuoki H2S hosil qiladi:
  • Zn+2H₂SO4=ZnSO4+SO₂+2H₂O
  • Suyultirilgan nitrat kislota ta'sirida rux oksidlanib nitrat ionlarini NH4NO3 gacha qaytaradi:
  • 4Zn+10HNO3=4Zn(NO3)2+NH4NO3+3H₂O
  • Rux metalli konsentrlanagan ishqorlar eritmasida qizdirilganda erib gidroksokomplekslar hosil qiladi:
  • Zn+2NaOH+2H₂O=Na₂ [Zn(OH)2] +H₂
  • Kadmiy va simob ishqorlarda mutlaqo erimaydi. Simobga suyultirilgan kislotalar ham ta'sir etmaydi.

Rux, kadmiy va simob bir-biri bilan va boshqa metallar bilan juda oson qotishmalar hosil qiladi. Ayniqsa simob oson amalgamalar hosil qiladi. Amalgamalar ko'rinishiga ko'ra suyuq yoki xamirsimon bo'lishi mumkin. Amalgamalar hosil qilish uchun metallar simobga qo'shiladi yoki havonchada aralashtiriladi. Kumush va qalay amalgamalari stamotologiyada tishlarga quyish(plomba) uchun ishlatishga tavsiya etilgan. Oltinning amalgama hosil qilishi juda oson borgani uchun, oltin byumlar simobga tegmasligi kerak. Temir simob bilan amalgamalar hosil qilmaydi, shuning uchun ham simob po'lat sisternalarda tashilishi mumkin.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling