Mаvzu: Endogen geologik jarayonlar
fumarola, solfatara, mafetta
Download 276.36 Kb.
|
11 ma\'ruza ENDOGEN GEOLOGIK JARAYONLAR. VULQONLAR.
fumarola, solfatara, mafetta kiradi. Vulqon otilishining gazsimon mahsulotlaridan ayrim vulqonlarda juda oz bo'lsada, dastavval suv bug’larini, so'ngra gazlardan vodorod, xlor, azot, uglerod oksidi, ba'zan karbonat angidrid, metan ko'p hollarda vodorod xlorid, vodorod sul’fid, sul’fidli gaz, ammiak, ammoniy xlorid va ammoniy karbonatni ko'rsatish mumkin. Ko'pincha gazlarning bunday ajralib chiqishlari fumarola deb yuritiladi (1800C dan Yuqori). Sul’fidli gazlarning ajralib chiqishi sol’fatara (100-1800C gacha) deb ataladi. Karbonat angidrit gazlarining ajralib chiqishi vulqon faoliyatlarining so'nggi bosqichlari vaqtida yuz beradi: ularni mafetta (1000C past) deb ataydilar.
Vulqoning suyuq mahsulotlariga lava kiradi. Tarkibidagi kremniy oksidining (SiO2) miqdoriga ko'ra lava nordon, o'rta, asos tarkibli bo'ladi. Lavaning kimyoviy tarkibi va gazlarning miqdori uning fizik xususiyatlarini (harakatchanlik, yopishqoq-lik) harakterlaydi, u esa vulqon hususiyatini belgilaydi. Vulqonlardan oqib chiqadigan lava shu bilan farq qiladiki, undagi magmada bug’ va gazlar bo'lmaydi, chunki ular Yer yuzasiga chiqqanda yo'qoladi. Lavalarning mineral tarkibi juda ham har xildir. Asosiy va ul’tra asosiy lavalar ayniqsa oquvchan bo'ladi. Juda ham quyuq nordon lavalarga Pele vulqonining lavasi misol bo'la oladi. Bu lava shunchalik quyuq bo'lganki, vulqon krateri ustida balandligi 300 m keladigan baland minora (obelisk) hosil qilgan. Vulqonlarni halokatli tomonlaridan tashqari uni xalq xo'jaligidagi foydali tomonlari ham bor. Masalan: Vulqon kuli hosildor tuproqlarni hosil bo'lishiga olib keladi, chunki unda minerallar ko'p va kaliy, fosfoor va boshqa elementlari uchraydi; Vulqon xududlari juda katta issiqlik manbaiga ega. Italiya, Meksika, Indoneziya, Yangi Zellandiya, AQSH (Koliforniya), Yaponiya mamlakatlarida yirik gidrotermal elektrostantsiyalar ishlab turibdi. Kamchatkadagi Paujet geoissiqlikstantsisi bir yilda 10000 kVt energiya ishlab chiqaradi. Avagin vulqonining, 3-4 km chuqurlikda joylashgan, o'chog’iga quduq qazish mo'ljallangan. Quduqlar bo'yicha suv haydab, bug’ holatida boshqa quduqlar orqali energiya olish mo'ljallangan. Agarda vulqon o'chog’i energiyasini 10% ni ishlata olinsa 200 yil davomida 1 mln kVt issiqlik olish mumkin; Etno vulqoni bug’ va gazlar bilan birga atmosferaga bir kunda 9 kg platina, 240 kg oltin, 420000 t oltingugurt chiqaradi; Lava tarkibida ma'danli minerallar oz bo'ladi, lekin gohida juda ko'p foydali minerallar bo'ladi. Yaponiyadagi Iosan vulqonida 2000 t oltingugurt, Lako vulqoni tarkibida magnetit, gematit, apatit bo'lgan 70000 t lava chiqqan, Italiyadagi Monte-Amiat vulqoni harakati natijasida dunyoda eng katta simob koni hosil bo'lgan. Download 276.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling