Mаvzu: Endogen geologik jarayonlar


Download 276.36 Kb.
bet4/5
Sana21.01.2023
Hajmi276.36 Kb.
#1107498
1   2   3   4   5
Bog'liq
11 ma\'ruza ENDOGEN GEOLOGIK JARAYONLAR. VULQONLAR.

markazli vulqonlar deb ataladi, chunki ular ma'lum bir markazdan otilib chiqadi. Gaz va lavalar o'rtada joylashgan kraterdan emas, balki ancha uzunlikka ega bo'lgan yoriqlardan chiqadigan yoriq vulqonlar markazli vulqonlardan farq qiladi. Qalin muzliklar o'lkasi bo'lgan Islandiyadagi vulqonlar bu jihatdan ayniqsa xarakterlidir. Islan­diyada uzunligi 40 km ga boradigan erlar bor va ulardan oqib chiqa­digan lavalarning ko'p massalari bu yorliqlarning har ikkala tomoni bo'ylab katta joylarni qoplaydi. Ko'pincha yoriqlar bo'ylab bir qancha vulqon konuslari bo'ladi. Shuning uchun ham Islandiyani haqli ravishda muzlar va o'tlar o'lkasi deb ataydilar.
Vulqon mahsulotlari uch xil bo'lib, ular qattiq, suyuq va gaz holatida bo'ladi. Vulqonning qattiq mahsulotlariga vulqon bo'mbalari, lapillalar, vulqon qumlari va ko'llari kiradi. Mayda changlarning tushgan massalari vulqon kuli deb nom olgan. Ancha yirik zarrachalar (bir necha yoki bir necha o'n metr parchalar) lapilli yoki rapilli (toshchalar) deb ataladi.
Vulqondan chiqqan kulning miqdori to'g’risida Alyaskadagi Katmai vulqonining otilishidan bo'lishi mumkin: bu vulqondan otilgan kul qatlamining qalinligi 4 m dan ortiq bo'lgan; shamolga teskari bo'lgan tomonida 100 m gacha masofada kulning qalinligi 10 sm dan ortiq bo'lgan. Agar Katmai vulqonining Moskva markazida deb tasavvur qil­sak, bu otilib chiqishning kattaligini ko'z oldimizga keltirgan bo'lar edik. Butun shahar bir necha metr qalinlikdagi kul qatlami osti­da ko'milgan bo'lur edi. Kul Smolensk, Gor’kiy shaharlariga tushgan bo'lur edi, Kaluga shaxri esa 30 sm qalinlikdagi kul qatlami bilan qoplangan va 6O soat davomida qorong’ilikda qolgan bo'lar edi. Dast avaal vulqon kuli va qumlari qorga o'xshash g’ovaksimon bo'ladi, keyinchalik o'zining og’irligi ta'siri ostida sekin-asta jichlashad va so'ngra vulqon tufi deb ataluvchiancha zich qatlamga aylanadi. Vulqon tufida qotgan lava parchalari ko'p miqdorda bo'lsa zichlashgan kul bilan tsimentlangan vulqon brekchiyasi hosil bo'ladi. Kichik hajmdagi (1-3 sm) kraterdan otilib chiqqan qattiq maxsulot lapilla deb nomlanadi. Katta hajmdagi bo'laklarning qotishi natijasida aglomerat qatlami vujudga keladi. Vulqondan juda ko'p gazlar ajralib chiqishi vaqtida quyuq lava parchalari ham ba'zan bir necha yuz metrlarga otilib chiqadi. Bunda lava bomba­lari hosil bo'ladi. Vulqon bombalari 5-10 sm dan bir necha metrgacha bo'lishi mumkin. Ba'zan krater chetidagi qoyalardan og’irligi bir necha o'n tonnaga boradigan katta palaxsalar ajralib, havoga bir ne­cha yuz metr otilib ketadi, so'ngra tog’ning yon bag’irlariga va uning etagiga yumalanib tushadi.
Vulqoning gaz maxsulotlariga
Download 276.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling