-chin eritmalarda dispers faza molekulyar yoki ion holdagi zarrachalardan iborat; o‘lchamlari (kattaliklari) bir-biriga yaqin; ular uzoq vaqt davomida turg‘un, dispers muhit va dispers faza bir-biridan ajralishi (tashqi muhit ta’siri bo‘lmagan holatda) kuzatilmaydi; dispers faza zarrachalarining diametri 1 nm dan katta bo‘lmaydi;
- kolloid sistemalarda dispers faza zarrachalari yuzlab, ba’zan molekula yoki ionlardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin; sistema bir jinsli bo‘lsa ham dispers faza zarrachalari bilan dispers muhit orasida chegara mavjud; erigan moddalar zarrachalari 1-100 nm oralig‘ida bo‘lishi mumkin (polidispers xususiyat);
-dag‘al dispers sistemalarda dispers faza zarrachalari qisqa vaqt davomidagina turg‘un, ular tezgina ikki fazali chegara hosil qiladi (loyqa cho‘kishi, sutning qaymog‘i, qatiqning ayroni ajralishi va shunga o‘xshashlar).
Kolloid va dag‘al dispers sitemalarda zarrachalar kattaligi har xil bo‘lgan polidispers sitemalardir.
11.3.Eruvchanlik va unga ta’sir etuvchi omillar. Moddaning biror erituvchida eriy olish xususiyati shu moddaning eruvchanligi deb ataladi. Moddalarning eruvchanligi (ya’ni to‘yingan eritmasining konsentratsiyasi) erigan moddaning va erituvchining tabiatiga, shuningdek, temperatura bilan bosimga bog‘liq. Ayni moddaning ma’lum temperaturada 100 gramm erituvchida erib, to‘yingan eritma hosil qiladigan massasi uning eruvchanlik koeffitsienti (yoki eruvchanligi) deb ataladi.
Agar 100 g suvda 10 g va undan ko‘proq miqdordagi modda erisa yaxshi eruvchan, agar 10 g dan 0,001 g gacha erisa yomon eriydigan, agar 0,001 g dan kam erisa – amalda erimaydigan modda deyiladi.
Moddalarning eruvchanligi ularning tabiatiga bog‘liq. Qutbli moddalar qutbli erituvchida - spirt, ammiak, HCl suvda yaxshi eriydi. Qutbsiz moddalar qutbsiz erituvchilarda (yog‘ benzolda, naftalin benzolda) yaxshi eriydi.
Nazariy jihatdan olganda mutlaqo erimaydigan modda bo‘lmaydi. Hatto oltin va kumush ham juda oz darajada bo‘lsa ham suvda eriydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |