Mavzu eritmalar haqida ta’limot. Eritmalari muzlash va qaynash harorati. Osmos hodisasi va osmotik bosim reja
Download 46.21 Kb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.4.To‘yinmagan, to‘yingan va o‘ta to‘yingan eritmalar.
Moddalarning erish issiqligi. Moddalar eriganda issiqlik yutiladi yoki ajralib chiqadi. Bir mol modda eriganda yutiladigan yoki ajralib chiqadigan issiqlik miqdori shu moddaning erish issiqligi deb ataladi.
Qattiq moddalarning erish jarayoni ketma-ket ikki bosqichdan iborat bo‘lib, bularning har birida issiqlik effekti sodir bo‘ladi: Erish jarayonida qattiq moddalarning kristall panjarasi parchalanadi. Buning uchun ma’lum energiya sarf qilish kerak, demak bu jarayonda issiqlik yutiladi (-Q1). Erigan modda zarrachalarining erituvchi molekulalari bilan o‘zaro ta’siri (solvatlanish) natijasida issiqlik ajralib chiqadi (+Q2). Demak, erish issiqligi Q yuqorida aytib o‘tilgan issiqlik effektlarining yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Q=-Q1 + Q2 Erituvchi sifatida suv ishlatilsa gidratlanish deyiladi. Gidratlanish paytida kristall panjaraning buzishga sarflanganidan ko‘ra ko‘proq issiqlik chiqsa, qattiq moddaning erishi ekzotermik jarayon bo‘ladi. Aksincha, agar gidratlanish natijasida chiqqan issiqlik kristall panjarani buzishga sarflangan issiqlikdan kam bo‘lsa, bunday jarayon endotermik jarayon deyiladi. 11.4.To‘yinmagan, to‘yingan va o‘ta to‘yingan eritmalar. Erish vaqtida eritma jarayoniga teskari bo‘lgan kristallanish jarayoni ham namoyon bo‘la boshlaydi. Dastlab erish jarayoni tez boradi, lekin eritmada zarrachalarning soni ko‘paygan sari, kristallanish jarayoni tezlashadi. Ma’lum vaqt o‘tganidan keyin ikkala jarayon tezligi tenglashadi, ya’ni bir sekundda nechta molekula eritmaga o‘tsa, shuncha molekula kristallanadi. Bu vaqtda erigan modda bilan erimay qolgan modda orasida dinamik muvozanat qaror topadi va eritma to‘yinadi. Bunday muvozanatda turadigan eritma to‘yingan eritma deyiladi. Erigan moddaning konsentratsiyasi shu temperaturadagi to‘yingan eritma konsentratsiyasidan kam bo‘lgan eritma to‘yinmagan eritma deyiladi. Ko‘pchilik qattiq moddalarning eruvchanligi temperatura ko‘tarilishi bilan ortadi, shuning uchun to‘yingan eritmaning temperaturasi pasayganda erigan modda cho‘kmaga tushadi ya’ni kristallanish sodir bo‘ladi. Biroq ba’zi moddalarning to‘yingan eritmasi ehtiyotlik bilan va sekin sovitilsa, erigan moddaning ortiqchasi ajralib chiqmaydi. Bunda o‘ta to‘yingan eritma, ya’ni tarkibida ayni temperaturada eruvchanligiga qaraganda ko‘p erigan modda bor eritma hosil bo‘ladi. O‘ta to‘yingan eritmaga shu eritmada eritilgan moddaning kristalli yoki shunga o‘xshash kristall formadagi boshqa modda kristalli solinsa, erigan moddaning barcha ortiqchasi darhol cho‘kadi. Download 46.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling