Mavzu eritmalar haqida ta’limot. Eritmalari muzlash va qaynash harorati. Osmos hodisasi va osmotik bosim reja
Download 46.21 Kb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- 11.1.Eritmalar umumiy tavsifi va ularning ahamiyati.
- 11.2.Dispers sistemalar: emulsiya va suspenziyalar.
MAVZU ERITMALAR HAQIDA TA’LIMOT. ERITMALARI MUZLASH VA QAYNASH HARORATI. OSMOS HODISASI VA OSMOTIK BOSIM Reja: 11.1. Eritmalar umumiy tavsifi va ularning ahamiyati. 11.2.Dispers sistemalar: emulsiya va suspenziyalar. Chin va kolloid eritmalar. 11.3.Eruvchanlik va unga ta’sir etuvchi omillar. Moddalarning erish issiqligi. 11.4.To‘yinmagan, to‘yingan va o‘ta to‘yingan eritmalar. 11.5.Osmos hodisasi va osmotik bosim. Eritmalarning bug‘ bosimi. Raul qonuni. 11.6.Eritmalarning konsentratsiyalarini ifodalash usullari. 11.7.Eritmalar mavzusi bo‘yicha masalalar. Tayanch iboralar: chin eritmalar, gidratlar, solvatlar, dispersion muhit, dispers faza, suspenziya, emulsiya, kolloid eritmalar, moddalarning erish issiqligi, moddalarning eruvchanligi, Genri qonuni, koagulyasiya, to‘yinmagan, to‘yingan va o‘ta to‘yingan eritmalar, to‘yingan bug‘ bosimi, Raul qonuni, osmos hodisasi, Vant – Goff qonuni, ebulioskopiya, krioskopiya, eritmalar konsentratsiyasi (foiz, molyar, molyal, normal, titr). 11.1.Eritmalar umumiy tavsifi va ularning ahamiyati. Ko‘pchilik kimyoviy o‘zgarishlar, shu jumladan texnologik jarayonlar eritmalarda kechadi. Meditsinada, oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda, qishloq xo‘jaligida eritmalarning ahamiyati kattadir. Rudalar tarkibini aniqlashda va ulardan metallarni ajratib olishda jarayonlar eritmalarda boradi. SHuningdek, o‘simliklar beriladigan o‘g‘itlarni eritma holida ildizi orqali o‘zlashtiradi. Eritmalar – ikki yoki undan ortiq komponentdan iborat bo‘lgan gomogen sistemalardir. Eritmalar agregat holatiga qarab qattiq, suyuq, gazsimon holatlarda bo‘ladi. Eritmalarning hosil bo‘lishini fizikaviy va kimyoviy nazariyalar orqali tushuntiriladi. D.I.Mendeleevning gidratlar nazariyasi eritmalar haqidagi hozirgi zamon ta’limotining asosidir. 11.2.Dispers sistemalar: emulsiya va suspenziyalar. Biri ikkinchisida juda mayda zarrachalar holida tarqalgan ikkita (va undan ortiq) moddadan iborat sistema dispers sistema deyiladi. Tarqalgan modda dispers faza, dispers faza tarqalgan modda esa dispersion muhit deyiladi. Eritmalarda dispers faza (eritma tarqalgan modda) zarrachalarini ko‘z yoki ultramikroskop yordamida ko‘rish mumkin. Chin eritmalarni hosil qilgan zarrachalar diametri 1 nm (1•10-9 metr) dan ham kichikroq bo‘ladi. Kolloid eritmalarda loyqa (suspenziya)lar zarrachalari diametri 100 nm kattaroq bo‘lib, bu zarrachalar qisqa vaqt davomida eritma tagiga cho‘kishi mumkin (dag‘al dispers sistemalar). Ikkita bir-birida erimaydigan suyuq moddalar o‘zaro maydalangan dispers holatdagi aralashma -emulsiya hosil qilishi mumkin (bunday sistemaga mayda yog‘ tomchilarining suvda tekis tarqalgan holati – sutni misol keltirish mumkin). Bunday dispers sistemalardagi zarrachalarning diametri 100 nm katta bo‘lishi mumkin. Maydalangan qattiq modda suyuqlikda tarqalgan sistemalar suspenziyalar deyiladi. Masalan: bo‘rning qattiq kukuni suvda chayqatilsa suspenziya bo‘ladi. Agar dispers sistemadagi zarrachalar 100 nm dan kamroq bo‘lsa, ularni mayin dispers sistemalar deb ataladi. Umuman olganda diametri 1-100 nm oralig‘idagi mayin dispers sistemalar turg‘un bo‘lib, o‘lchami 100 nm dan kattaroq bo‘lgan dag‘al dispers sistemalar qisqa vaqtda o‘z gomogenligini yo‘qotishi mumkin. Dispers sistemalarda agregat holatlari uch xil (gaz, suyuq yoki qattiq) bo‘lib, ular o‘zaro aralashganda to‘qqiz xil sistemalar tashkil qiladi. Dispers muhit va dispers fazaning qaysi agregat holatidan qatiy nazar dispers sistemalarni uchta guruhga chin eritmalar, kolloid va dag‘al dispers sistemalarga bo‘linadi. Download 46.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling