Mavzu eritmalar haqida ta’limot. Eritmalari muzlash va qaynash harorati. Osmos hodisasi va osmotik bosim reja


Qattiq, suyuq va gaz moddalarning suyuqliklarda eruvchanligi. Genri qonuni


Download 46.21 Kb.
bet4/10
Sana15.06.2023
Hajmi46.21 Kb.
#1480836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu

Qattiq, suyuq va gaz moddalarning suyuqliklarda eruvchanligi. Genri qonuni. Qattiq jismning suyuqlikda eruvchanligi o‘zgarmas bosimda temperatura ortishi bilan ortadi. Lekin qattiq modda eriganda issiqlik ajralsa, bu moddaning eruvchanligi temperatura ortishi bilan kamayadi.
Qattiq jismlarning suyuqlikda eruvchanligiga bosim nihoyatda kam ta’sir ko‘rsatadi. Lekin nihoyatda katta bosim eruvchanlikni o‘zgartirib yuboradi.
Suyuqliklarning suyuqliklarda erishi uch xil bo‘lishi mumkin:

  1. suyuqliklar o‘zaro istalgan nisbatda aralashadi (masalan, suv bilan spirt, suv bilan vodorod peroksid, suv bilan glitserin, toluol va benzol,);

2. suyuqliklar o‘zaro ma’lum chegaradagina aralashadi (masalan, suv bilan anilin, suv bilan efir, suv bilan fenol);
suyuqliklar o‘zaro aralashmaydi (masalan, suv bilan yog‘, suv bilan simob, suv bilan benzol).
Suyuqlikning suyuqlikda erishi temperatura ortishi bilan ortadi, lekin bosim o‘zgarganda kam o‘zgaradi.
Gazlarning suyuqliklarda erishi ekzotermik jarayon bo‘lib, Genri qonuniga bo‘ysinadi. Bu qonunga muvofiq, o‘zgarmas temperaturada ma’lum hajm suyuqlikda erigan gazning massasi shu gazning bosimiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi.
m=k•P
bu erda: m-ma’lum hajm suyuqlikda erigan gazning massasi, R-gaz bosimi, k-proporsionallik koeffitsienti yoki Genri doimiysi.
Gazlar aralashmasi eritilganda har qaysi gaz mustaqil ravishda eriydi, ya’ni bir gazning erishiga aralashmadagi boshqa gazlar hech qanday halal bermaydi, erigan gazning miqdori uning parsial bosimigagina proporsional bo‘ladi (Genri-Dalton qonuni). Genri va Dalton qonunlariga suyuqlik bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmaydigan gazlargina (past bosimda) bo‘ysunadi.
Osmos hodisasi va osmotik bosim. Agar shakar eritmasi solingan, devori yarim o‘tkazgich xossasiga ega idishni suvli idishga tushirilsa, bir yoqlama diffuziya ro‘y beradi. Bunday hodisani osmos deyiladi. Vant – Goff o‘z nazariyasini qonun tarzida ta’rifladi; agar erigan modda eritma temperaturasida gaz holatida holatida bo‘lib, eritma hajmiga baravar hajmni egallasa, bu gazning bosimi eritmaning osmotik bosimiga teng bo‘ladi. Eritmalardagi osmotik bosim Vant – Goff qonuniga muvofiq, eritmada erigan modda miqdori va temperaturaga to‘g‘ri proporsianaldir.
R = CRT R – eritmaning osmotik bosimi
C – molyar konsentratsiya
R – universal gaz doimiysi
Osmotik bosim odam organizmi va o‘simliklar hayotida katta ahamiyatga ega. O‘simliklar ildizi ham yarim o‘tkazgich xossasiga ega va ular orqali tuproqdagi nam tortib olinib, o‘simlik tanasida osmotik bosim hosil bo‘ladi. Odam organizmidagi hujayra va to‘qimalar ham yarim o‘tkazgich parda xossasiga ega. Iste’mol qilinadigan suyuqliklar, oziq ovqatlarning odam tanasiga singishi muskullarining rivojlanishi osmos hodisasi tufayli sodir bo‘ladi.



Download 46.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling