Mavzu eritmalar haqida ta’limot. Eritmalari muzlash va qaynash harorati. Osmos hodisasi va osmotik bosim reja
-misol. 40 g tuzni 160 g suvda eritilganda hosil bo‘lgan eritmaning protsent konsentratsiyasini toping. Echish
Download 46.21 Kb.
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-misol.
- Eritmalarni tayyorlash qoidalari.
7-misol. 40 g tuzni 160 g suvda eritilganda hosil bo‘lgan eritmaning protsent konsentratsiyasini toping.
Echish. m(tuz) 40 g w (tuz) = ________________ = ____________ = 0,2 yoki 20% m(eritma) 40 g + 160 g 8-misol. 24 % li 400 ml (ρ = 1.25 g / ml) eritma tarkibida qancha massa tuz va suv bor? Echish. eritmaning hajmini zichligi orqali massaga aylantiramiz: m(eritma)= V(eritma) . p(eritma) = 400 ml . 1,25 g / ml= 500 g. Eritmadagi tuzning massasini topamiz: m(tuz)= w (tuz) . m(eritma) = 0,24 . 500 g = 120 g Eritmaning massasidan tuzning massasini ayirsak, suvning massasi hosil bo‘ladi: m(suv) = 500-120 = 380 g. Demak, m(tuz) = 120 g, m(suv) = 380 g. 9-misol. 15 % 40 g eritmaga 6 % li 800 g shunday eritma qo‘shildi, hosil bo‘lgan eritmadagi moddaning massa ulushini aniqlang. Echish. 1-eritma uchun: m1(eritma) = 400 g; w1(modda) = 0,15m1(modda) = m1(eritma) . w1(modda) = 400 . 0,15 = 60 g. 2-eritma uchun: m2(eritma) = 800 g; w2(modda) =0,06 m2(modda) =m2(eritma) . w2(modda) = 800 . 0,06 = 48 g. Eritmalar aralashtirilgandan keyin: m3(modda) = 60 + 48 = 108 g. m3(eritma) = 400 + 800 = 1200 g. m3(modda) 108 g w3(modda) = _____________ = __________ = 0,09 yoki 9 %. m3(eritma) 1200 g Eritmalarni tayyorlash qoidalari. Eritmalar tayyorlashda kerakli suv va tuz miqdorini ma’lum konsentratsiya uchun hisoblash orqali topiladi. Eritmalar tayyorlashda, quruq moddalar tarozda tortiladi, suv esa o‘lchov silindrda o‘lchanadi (suvning zichligi birga teng). Ko‘pgina kimyoviy moddalar kristallgidratlardir, masalan, Na2CO3·10H2O, CuSO4·5H2O va boshqalar. Bunday moddalardan eritmalar tayyorlashda, ulardagi mavjud kristallizatsiya suvini hisobga olish kerak. Kerakli hisob-kitob qilib bo‘lganidan so‘ng, tarozda tortilgan moddani kolbaga yoki stakanga solinadi va o‘lchangan suvning bir qismi quyiladi, chayqalanadi yoki shisha tayoqcha bilan modda oxirgacha eriguncha aralashtiriladi, keyin qolgan suv quyiladi. Moddaning erishini tezlashtirish maqsadida uni chinni hovonchada maydalash tavsiya qilinadi. Moddalarni tarozda tortishdan oldin maydalash zarur, chunki moddaning bir qismi maydalash vaqtida yo‘qolishi mumkin. Gigroskopik moddalarni maydalash tavsiya qilinmaydi, chunki ular maydalangan holatda namni o‘ziga tortadi. SHuning uchun ularni katta bo‘laklarga bo‘lib eritiladi. Ba’zi poroshok holdagi moddalar suv bilan yaxshi aralashmaydi va uning yuzida suzib yuradi. Bunday hollarda, poroshokni oldin toza spirt(etil yoki metil) bilan ho‘llab, keyin suv solinadi. Spirtni ham organik, ham anorganik moddalarni eritishda qo‘llash mumkin, agar moddaga yoki uning eritmasiga kimyoviy ta’sir qilinmasa. Hovonchada maydalanmaydigan smolasimon moddalarni pichoq bilan bo‘laklarga bo‘linadi va keyin eritmaga solinadi. Ko‘pgina moddalarning erish qobiliyati haroratni ortishi bilan oshadi, shuning uchun erish jarayonini tezlashtirish maqsadida gazda yoki elektr plitkada qizdiriladi (asbest setkada). Bunda to‘xtovsiz aralashtirilib turiladi. Agar bunday qilinmasa, idish tagiga o‘tirib qolgan erimagan modda qizishga sabab bo‘ladi va natijada aralashma idishdan sachrab chiqadi yoki idish darz ketadi. Agar modda isitish chog‘ida suyuqlansa unda qizdirish tavsiya etilmaydi. Download 46.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling