Mavzu eritmalar haqida ta’limot. Eritmalari muzlash va qaynash harorati. Osmos hodisasi va osmotik bosim reja


-misol. 20 % li HCl eritmasining (d= 1,10 g/sm3) 200 millilitriga qancha suv qo‘shilganda 5 % li eritma hosil bo‘ladi? Echish


Download 46.21 Kb.
bet8/10
Sana15.06.2023
Hajmi46.21 Kb.
#1480836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu

4-misol. 20 % li HCl eritmasining (d= 1,10 g/sm3) 200 millilitriga qancha suv qo‘shilganda 5 % li eritma hosil bo‘ladi?
Echish. a) 200 ml 20 % li HCl eritmasining massasini topamiz.
m = Vd= 200 . 1,10 = 220,0 g.
b) 20 % li HCl eritmasining 220 gramida necha gramm HCl borligini hisoblaymiz: 220 . 20
220 g_______100% x = 220.20/100 = 44 g.
x g_______20 %
c) Agar eritmaning 100 gramida 5 g HCl bo‘lsa, qancha eritmada 44 g HCl bo‘ladi:
100________5 x1= 44.100/5 = 880 g.
x1_________44
880 g eritmaning umumiy massasini ko‘rsatadi. Bu qiymatdan 220 g ni ayrib tashlaymiz:
880-220 = 660
Demak, 20 % li HCl eritmasining 200 millilitriga 660 g suv qo‘shganimizda 5 % li HCl eritmasi hosil bo‘ladi.
5-misol. KOH ning 0,1 M eritmasidan 500 ml tayyorlash uchun necha gramm qattiq KOH kerak bo‘ladi?
Echish. 1 mol KOH ning massasi 39 + 16 + 1 = 56 g bo‘lgani uchun uning 0,1 moli 5,6 g ni tashkil etadi.
Binobarin, 1000 ml eritmada 5,6 g KOH bo‘lishi kerak, 500 ml da esa 2,8 g KOH bo‘ladi. Demak, 500 ml 0,1 M eritma tayyorlash uchun 2,8 g qattiq KOH olish kerak.
6-misol. 16 % li NaOH eritmasining zichligi d = 1,18 g / sm3. Uning molyar va normal konsentratsiyalarini toping.
Echish. a) m= v . d formuladan foydalanib, 16 % li NaOH eritmasining 1 litri necha gramm ekanligini topamiz:
m = v . d = 1000 . 1,18 = 1180 g.
b) Bu umumiy og‘irlikni 16 % li NaOH tashkil qilgani uchun uning og‘irligini quyidagicha bo‘ladi:
16.1180
100%___1180 x = _____________ = 188,8 g NaOH.
16%____x 100
v) NaOH ning 1 moli 23 + 16 + 1= 40 g keladi. Eritmaning molyarligini topish uchun 188,8 ni 40 ga bo‘lamiz:
188,8 : 40 = 4,27 M
Eritmaning normalligi ham 4,27 n bo‘ladi.

Download 46.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling