Mavzu: «estetikaning asosiy kategoriyalari (tushunchalari)» r e j a


Download 110 Kb.
bet7/9
Sana27.07.2023
Hajmi110 Kb.
#1663006
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
«estetikaning asosiy tushunchalari kategoriyalari» fayllar org

Men nechun sevaman O’zbekistonni?
Tuprog’in ko’zimga aylab to’tiyo,
Nechun Vatan deya yeru - osmonni
Muqaddas atayman, atayman tanho,
Aslida dunyoda nima bor tanho,
Paxta o’smaydimi o’zga elda yo?
Yoki quyoshmi sevgimga sabab
Axir quyoshliku butun Osiyo.
Bunda sevgidan ham ulug’vor, muhabbatdan ham muqaddasroq tuyg’ulardan qandaydir so’z tarifiga sig’maydigan Vatanparvarlik tuyg’usi ulug’vorlik namunasi sifatida namoyon bo’ladi.

Fojealilik va kulgililik
Estetikaning fojealilik va kulgililik tushunchalari yordamida hayot ziddiyatlari va to’qnashuvlari baholanadi va mushohada qilinadi. Ular orqali insonning ijtimoiy hayot hodisalariga nisbatan estetik munosabati ifodalanadi va mustahkamlanadi. Aytish joizki, fojealilik va kulgililik tushunchasidan torroq doirada amal qiladi.
Fojealilik va kulgililiK aslida bir - biriga zit tushunchalardir. Lekin bu zidlik mutlaq ma'noda amal qilmaydi. Ayni paytda ular bir-birining mag’ziga singib, biri ikkinchisidan o’tib turadi. Fojeali va kulgili narsalar, voqea-hodisalarning o’zaro bog’liqligi, ular o’rtasida chegaralarning harakachanligi allaqachon nazariy risolalardan va oddiy hayot tajribasidan ma'lumdir. Хаlq orasida «fojealilikdan kulgililikgacha masofa bir qadamdir» degan iboraning keng qo’llanilashi bejiz emas albatta.
San'at asarlarida fojealilik va kulgililik yaxlit namoyon bo’ladi. Fojeali va kulgili holat insonning u yoki bu xatti-harakati natijasida paydo bo’ladi, bu xatti-harakat turli-tuman hayotiy kuchlar to’qnashuvi jarayonida vujudga keladi, rivojlanadi. Shu tariqa ular voqelik va inson orzulari o’rtasidagi nizoli munosabatlarni ochib beradi.
Fojealilik muammosi har doim falsafiy va estetik tafakkur e'tiborini mutafakkirlar fikr-mulohaza bildirganlar. Zero fojealikda voqeiy hayotning chuqur ziddiyatlari va to’qnashuvlari: hayot va o’lim, ozodlik va zarurat, аql va tuyg’u, qоnun va burch, shaxsiy va ijtimoiy xususiyatlar namoyon bo’ladi.
Вuуuk san'atkorlar asarlarida fojeali ohanglar mavjudligi juda ko’p misollarda ko’rishimiz mumkin. Masalan: M.Shayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» va «Mirzo Ulug’bek», P.Qodirovning «Yulduzli tunlar», «Xumoyun va Аkbаг» asarlarining boshidan oxirigacha fojeali ohanglar seziladi. Bu asarda fojeali ohanglar ustivor darajada ifodalangan. San'atda fojeali to’qnashuvlar, qiyofalar, vaziyatlarini chuqur badiiy in'ikos etish ehtiyojidan kelib chiqadi. Sofokl asarlari Shekspernikidan, Shekspir asarlari Rusinnikidan, Rusinniki Vishnyovskiynikidan farqlansada, fojealiligi tufayli ular o’rtasida umumiylik mavjud.
Fojea o’quvchi yoki tomoshobinga qahramonning mashaqqatli azob-uqubatlari bilan bog’lanib, ko’pincha uning halokatlari bilan tugallansa ham, bari bir qayg’u va tushkunlik emas, balki yashash va kurash istagi, bu kurashda o’zining hа1оk bo’lishini bilib turgan insonning mag’rur qiyofasi gavdalanadi. Inson ulug’vorligini tarannum etish hammadan ham ko’ргоq va yorqinroq san'atning fojea turidan o’z ifodasini topadi.
Qadimgi dunyo odamlari tasavvurlariga ko’ra insonning oldidan belgilab qo’yilgan qudratli «Qismat» i balo-ofatlar bilan to’qnashuvi uni muqarrar tarzda halokatga olib kеlаг edi. Ammo qadimgi fojealarga ifodalangan fojeali holatlar «Qismat» ning taqdir ustidan hukmronlikni anglatmaydi. Inson yaxshi bo’lishi mumkin, ammo xato, nuqson, kamchilik, bilmaslik uning o’ziga va boshqalarga balo - ofat keltiradi degan fikr qadimgi fojea mazmuniga singdirilgan edi. Yunonlar insonning azob-uqubatlari uchun mas'uliyatni uning o’ziga yuklab, katta mardlikka jur'at etdilar. Ular bu azob-uqubatlarning tub sabablari inson irodasi va imkoniyati chegarasidan tashqarida ekanligini yaxshi bilganlar. Yunon fojeasi qismat bilan taqdir insondan kuchli hisoblash, unga tan berishdan, shu yo’ldan qaratishga chaqiradi.
Aristotel «Poetika» asarida fojealikka quyidagicha ta'rif bergan:
«Tragediya muayyan hajmli, turli qismlari, turlicha sayqallangan til yordamida, bayon vositasida emas, balki xatti harakat orqali ko’rsatadigan va iztirob bilan inson ruhini poklovchi muhim va tugal voqea tavsifidir». (Aristotel Poetika ) T.I980 16 b.). bundagi «Iztirob bilan inson ruhini poklovchi» jumlasi qatorsiz hodisasini ifodalaydi. M: Abdulla Oripovning «Nay» she’rining bir bandida:

Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling