Mavzu: «estetikaning asosiy kategoriyalari (tushunchalari)» r e j a


Download 110 Kb.
bet8/9
Sana27.07.2023
Hajmi110 Kb.
#1663006
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
«estetikaning asosiy tushunchalari kategoriyalari» fayllar org

Ayirdilar avval ko’zidan, So’ng bargini oldilar uyib,
Yetmaganday bu ham bo’g’zidan,
Pufladilar lablarin kuyib.
Bu yerda tasvirlangan holat haqiqatdan ham daxshatli unda lirik fojealik o’z ifodasini topgan.
Chingiz Aytmatovning «Kunda» romani ham badiiy ohangi, ehtirozli to`qnashuvlar ruhi, ulkan hissiy ta'sir kuchi, qahramonlar taqdiri jihatlaridan o’ta fojeali matnga ega. Bu roman-fojea markaziga eng dolzarb va kechiktirib bo’lmaydigan, o’tkazib yuborilgan va tez davo topishni talab qiladigan ijtimoiy, axloqiy, ekologik muammolar qo’yilgan bo’lib, unda kutilayotgan fojeadan ogohlantirayotgan qudratli bong ovozi jaranglaydi.
Kulgililik. Insonning dunyo voqea hodisalariga munosabatlaridan biri kullgiIiIik tushunchasi bilan izohlanadi. Kulgililik ham iqtisodiy moddiy, ijtimoiy siyosiy, ma'naviy axloqiy hayot jabhalaridan doimiy ravishda namoyon bo’ladi.
Tabiat hodisalari va hatto inson faoliyati natijasida kulgi o’z- o’zidan paydo bo’lmaydi. Ayni paytda hodisa kulgiga aylanishi uchun u yoki bu tarzda inson bilan bog’lanishi, ular o’rtasida u yoki bu ko’rinishda munosabat paydo bo’lishi u shunday hodisalarga inson xatti - harakatlari bosilgan bo’lishi mumkin.
Kulgililik tushunchasi talqini o’zining aniq, оqil mazmuniga ega bo’lib, haqiqatdan ham kulgililikka xos bo’lgan ba'zi tomonlarni ochib beradi.
Kulgi o’z xususiyatiga ko’ra, demokratik mazmunga ega bo’lib, u barcha odamlarni bir - biriga quvontiradi. Ular kulgi vositasida o’zaro tayyorlashadilar. Kulgi noinsoniy, noaxloqiy illatlar bilan kurashning omilkor vositasigina bo’lib qolmay, balki insonning kuch - qudrati va ozodligi timsoli hamdir. Kulgi rang - barang va xilma - xil qirralarga ega bo’lib, mayin rag’batlantiruvchi, xushfe'l, hazil mutoyiba hissiyotidan tortib, to ayovsiz, achchiq istehzo hissiyoti doirasigacha amal qiladi.
Komediyaning bosh vazifasi - odamlar axloq odobini sahnada turib to’g’ridan to’g’ri va bevosita miyasiga joylashtirib, tuzatishdan emas, balki insonning hayotidagi kulgilikni ilg’ab olishdagi qobiliyatini mashq qilib turishda ya'ni odamlarda hazil tuy’gusi kabi qimmatbaho fazilatni rivojlantirishdadir. Shu tariqa komediya odamlarni yaramas va xunuk hodisalarning kulgili tomonlarini ko’ra olishga, ularni anglash, fosh qilish, qoralashga o’rgatadi. Komediyadagi kulgi esa yaramas va xunuk hodisalarning bo’sh yeri, zaif tomonini tanqid qiladi. Shunday qilib komediya va kulgi o’zlarining ijtimoiy burchini ado etadilar.
Hazil-hajv, masxara-bular kulgililikning har xil shakllaridir. Ijtimoiy kulgi- masxara mavzusi bo’lsada, hazil - hajv ham hayotdagi salbiy, xunuk hodisalarni masxara kulgisidan kam bo’lmagan darajasida ochib berishga qodirdir. Hazil hajv kulgining g’azabni qoralashdan ko’ra ko’proq yordam ko’rsatishga mo’ljallanishini alohida ta'kidiab o’tish lozim.
Ko’p hollarda fojealilik va kulgililik uzviy chirmashib ketganki ularning birini ikkinchisisiz anglash, tasavvur etish qiyindir.
San'at asarlarida fojealilik va kulgililik yaxlit namoyon bo’ladi. Fojeali yoki kulgili holat insonning u yoki bu xatti-harakat turli-tuman hayotiy kuchlar to’qnashuvi jarayonida vujudga keladi. Rivojlanib taraqqiy etib yuksalib boradi. Fojealilik muamosi har doim falsafiy va estetik tafakkur e'tiborini o’ziga jalb qilib kelgan. Fojealilik tabiati to’g’risida juda ko’p mutafakkirlar fikr mulohazalar bildirganlar.
Fojealilik hayot va o’lim aql va tuyg’u qonun va burch xususiyatlari namoyon bo’ladi. Buyuk san’atkorlar asarlarida fojeali ohanglar mavjudligini ko’rish mumkin. Masalan: Maqsud Shayxzodaning Jaloliddin Manguberdi va Mirzo Ulug’bek asarlarida boshdan oxirigacha fojeali ohanglar sezilib turadi. Behbudiyning «Padarkush», Fitratning «Abulfayzxon» drammalarida ham fojeali holatni ko’rish mumkin. Biz fojeali holatni, uning ohanglarini Sofokl, Shekspir, Rasin, Vishnevsikiy, Pushikni asarlarida ham uchratamiz. Sofokl asarlari Shekspirnikidan, Shekspir asarlari Vishnevsikiynikidan farqlansada, fojealilik tufayli ular o’rtasida umumiylik mavjud.
Har qanday fojea zaminida alohida fojeali to’qnashuv yotadi. Fojealilik bu mohiyatli kuchlar to’qnashuvi natijasidir. Bu to’qnashuvlarning ham tugallanishi bilan insoniyat istiqboli taraqqiyot taqdiri bog’langan bo’ladi.

San'atda fojea qahramonlari ko’pincha ijobiy tarzda tasvirlanadi. Qahramonlar o’z davrining orzu-umidlarini o’zi mujassamlashtirgan kuchli ulug’vor shaxs qiyofasida namoyon bo’ladi, qahramon o’zini barqoror etishga intiladi, natijada fojiea yuz beradi.


Fojea o’quvchi yoki tomoshabinda yashash va kurash istagi bilan kurashda o’zining halok bo’lishini bilib turib insonning mag’rur qiyofasini gavdalantiradi.
Endi o’zbek xalqining ma'naviy boyligi, kulgulilikning ko’rinishlaridan biri askiya haqida gaplashamiz.
O’zbek xalqning milliy-ma'naviy mulki bo’lgan askiya vositasida kulish ham o’zining ijtimoiy mazmundorligi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Kulgililikning har qanday ko’rinishiga komediya ko’rinishlari o’zining estetik ifodasini topgan. Kulgililikning badiiy shakllari orasida masxara san'atning kulgi turlari orasida hazil-havj alohida ahamiyatga egadar. Kulgililikning barcha shakllari inson hayotining barcha qirra va zarralarini ilg’ab olish va fahmlash qobiliyatini o’stirishga yordam beradi. Va u borgan sari shaxsning ma'naviy ruhiy kamoloti ko’rsatkichi bo’lib boraveradi. Olamning buyukligi faqat uning cheksizligida emas, balki cheksiz rang-baranglikda borliqning butun jozibasi, siru-sanoati, serqirraligi, murakkabligi va betakrorligi mujassam. Inson esa olam aro olam bo’lib, uning qalb to’lg’onishlari, idroki tafakkur kuchi va tuyg’ularining bepoyonligi hissiyoti va ehtirosini jo’shqinligi oldida tashqi olam rangsiz va bejamoldir, zero Ahmad Donish ham: Inson buyuk olamdir. Unga qaraganda bu olam kichkina olamdir deganida ana shuni nazarda tutgan. Biz kulgililik va fojealilik haqida quyidagi fikrlarimizni ham aytib o’tishni joiz deb bildik.

Hozirgi kunda, ya'ni bizlarning barchamiz yigirma birinchi asr bo’sag’asida turibmiz. Shu o’tgan asrimizdagi tariximizning zar varaqalariga nazar tashlaydigan bo’lsak bunda qanchadan qancha ham kulgili ham fojeali o’zgarishlar ro’y berdi.


\


Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling