4.Fizikaviy va kimyoviy xossalari. Olefinlar qatorining dastlabki vakillari – etilen, propilen va
butilen odatdagi sharoitda gaz, uglerod atomlari soni 5 dan 17 gacha blganlari suyuqlik, undan
yuqori a‘zolari esa qattiq moddalardir.
Olefinlar suvda erimaydi, benzol, efir, xloroform, ligroin singari qutbsiz erituvchilarda
yaxshi eriydi. Gomologik qatorda ularning qaynash temperaturasi va zichligi ortib boradi.
Alkenlarning fizikaviy xossalari
1. Biriktirib olish reaktsiyalari. Olefinlarning tuzilishi va xossalari ular molekulasidagi
uglerod – uglerod qo’shbog’iga bog’liq. Shuning uchun ham qo’shbog’ alkenlarning asosiy
funktsional guruhi bo’lib hisoblanadi.
Alkenlarning uglerod – uglerod qshbog’i mustahkam
- bog’ va unchalik mustahkam
bo’lmagan
- bog’lardan tuzilgan. Alkenlar uchun bitta
- bog’ning uzilib, uning o’rniga ikkita
- bog’ning hosil bo’lishi hamda uning hisobiga boshqa molekulalarni biriktirib olish
reaktsiyalari xarakterlidir:
- bog’ning elektron bulutlari molekula tekisligiga perpendikulyar holda, ya‘ni tekislikning
ustida va pastida joylashgan bo’lib, ular ikkala uglerod yadrolariga kuchsiz tortiladi. Shuning
uchun ham
-bog’
-bog’ga nisbatan uncha yuqori qutblanuvchanlikka, ya‘ni reaktsiya vaqtida
o’z elektron bulutlarini oson qayta taqsimlash qobiliyatiga ega.
Alkenlarni gidrogenlash. Alkenlarga vodorod birikishidan to’yingan uglevodorodlar hosil
bo’ladi.:
R – CH = CH
2
+ H
2
→ R – CH
2
– CH
3
Qo’shbog’ saqlangan birikmalarda katalizatorsiz gidrogenlash faqat yuqori
temperaturalarda boradi. Lekin yuqori temperatura ko’p hollarda organik birikmalarni parchalab
yuboradi. Gidrogenlanish maydalangan Pt, Rd yoki Ni katalizatorlari ishtirokida olib borilsa,
reaktsiya xona temperaturasida yoki salgina qizdirish bilan tez boradi. Reaktsiyaga kirishadigan
Do'stlaringiz bilan baham: |